2019 yil ijun oyida Ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-mahsus ta’lim vazirligi faoliyatiga nisbatan tanqidiy materiallar e’lon qilindi.
Tasvirga olingan tanqidiy materiallar orasida Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida Axborot-resusr markazida elektron ro’yhatga olish tizimi yo’lga qo’yilmaganligi, yotoqxona (talabalar turar joyi) binosi ta’mirtalab, jihozlari eskiligi kabi kamchiliklar aniqlandi.
Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklar to’g’risidagi habarlar bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bugungi kunda, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti faoliyatida aniqlangan yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ishlar amalga oshirilmqoda.
Masalan, hozirgi vaqtda Axborot-resusr markazida elektron ro’yhatga olish tizimi yaratilmoqda va joriy yilning sentabr oyidan kiritiladi, yotoqxonada (talabalar turar joyida) esa joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, yangi jihozlar bilan to’ldirilmoqda.
Hurmatli vatandoshlar! Shu o’rinda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanganligi va ishlar amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.