\"Talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash\" bo\'yicha Ishchi guruhi ToshPTIda o\'z faoliyatini boshladi

E’lon!

Toshkent Pediatriya http://tashpmi.uz/ru/admin/content/news/~edit?id=1109#tibbiyot instituti «Test markazi»da joriy yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar har kuni soat 09.00 dan 17.00 gacha (yakshanbadan tashqari, shanba 09.00-15.00) “Talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash” bo’yicha Ishchi guruh faoliyat ko’rsatadi.

Arizalar 27 avgust 2019 yil soat 09.00 da Ishchi guruh tomonidan ko’rib chiqiladi.

Rektorat

 “Talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash” bo’yicha Ishchi guruh

Ish tartibi:                           15.07.2019 y.-05.08.2019 y.

                                          15.01.2020 y.-25.01.2020 y.

Dushanba-Juma:                  09.00-17.00

Shanba:                              09.00-15.00

Tushlik:                               13.00-14.00

 “Talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash” bo’yicha Ishchi guruhga taqdim etiladigan hujjatlar

 1. Rektor nomiga ariza (arizada hozirgi kundagi yashash manzili, ota onasini F.I.Sh., telefon raqamlari, o’zining telefon raqamlari ko’rsatilishi kerak);

2. Pasport nusxasi, doimiy yashash manzili (propiska) bilan;

3. Reyting daftarchasi (asli, to’liq to’ldirilgan bo’lishi kerak);

4. Akadem ta’til, talabalar safidan chetlatilganligi haqidagi buyruqdan ko’chirma (necha marta chetlatilgan bo’lsa, har biri uchun alohida ko’chirma taqdim etiladi);

5. To’ldirilgan reyting daftarchasining har bir betidan nusxa;

6. Tegishli fakultet dekan muovinidan ma’lumotnoma (ma’lumotnomada fanlar farqi, soatlari ko’rsatilishi kerak);

7. O’qishdan chetlatilgandan hozirgi kungacha bo’lgan davrdagi faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (ish joydan, mahalladan, oilaviy poliklinikadan v.h.k.);

8. Konvert (skorosshivatelning ichiga yopishtirilgan holda, reyting daftarchasi uchun);

9. Skorosshivatel;

10. Titul varaq (institut nomi, tiklanayotgan fakulteti va kursi, grant yoki kontraktda o’qiganligi, tiklanayotgan yil ko’rsatiladi).