Poytaxt aholisining salomatligi ishonchli qo'llarda

2019 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tibbiy volontyorlari poytaxt aholisini patronaj va tibbiy ko'rikdan o'tkazish bo’yicha mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari bilan birgalikda aksiya o’tkazishmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida “Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ko'ngilli yoshlar jamiyati” faollari poytaxtimizning Yunusobod va Mirzo Ulug'bek tumanlari aholisini patronaj va tibbiy ko'rikdan o'tkazish bo'yicha tadbir o'tkazmoqda. 80 dan ziyod tibbiy volontyorlar Toshkent shahri aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga (nogironlar, urush va mehnat faxriylari, yolg'iz keksa fuqarolar) tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish uchun joylarda faoliyat olib borishmoqda.

Kơngillilar tashabbusi aholi bilan yaqin muloqotda bo’lish, sog'lom turmush tarzini ommalashtirish va kasalliklarni oldini olish, shuningdek, fuqarolarni qiynaydigan tibbiy va ijtimoiy muammolarni yechimini topishda yordam berishga qaratilgan. Faollar mahalliy aholining sog'lig'ini tekshirdilar, ularga birinchi yordam ko'rsatishni o'rgatdilar, yomon odatlarning zararli oqibatlari haqida xabar berdilar va giyohvandlikning oldini olish bo'yicha choralar to'g'risida ma’lumot berdilar. 

 

Tibbiy volontyorlar "Posira", "Yurtbob", "Choshtepa", "Uvaysiy", "Bobodekkon", "Ittifok" va "Feruza" fuqarolar yig'inlari (mahallalari) vakillari bilan birgalikda aholining profilaktik ishlarni olib borish, tibbiy savodhonligini oshirish va tibbiy ko’rikdan o’tkazish maqsadida fuqarolarning uylariga tashrif buyurdilar.

Yunusobod va Mirzo Ulug'bek tumanlari aholisiga ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar, qon bosimi baholandi, to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faoliyat va sog'lom turmush tarzi bo'yicha tibbiy tavsiyalar va foydali maslahatlar berildi.

“Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ko'ngilli yoshlar jamiyati” volontyorlarining faoliyati davom etmoqda.

Siz yoshsizmi? Kuchga egamisiz? Va odamlarga yordam berishga tayyormisiz? - ToshPTI ko'ngilli harakatlariga qo'shiling, yaxshilik qiling va tengdoshlaringiz uchun namuna bo'ling.

"Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining ko'ngilli yoshlar jamiyati"ga qo'shilish va volontyor maqomga ega bo'lish haqida qo'shimcha ma'lumotni olish uchun tashkiliy qo'mitaga murojaat qiling:

+998 98 366-11-50 - Otabek.

1-qavat, ToshPTI Yoshlar Ittifoqi xonasi.