Joriy yilning 7-9 iyul kunlari Yaponiya vakillar palatasi deputati, Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirining parlament o’rinbosari Xiroyuki Nakamura rahbarligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurmoqda.
Tashrif doirasida, bugun, 8 iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O’zbekiston va Yaponiya rektorlarining III anjumani bo’lib o’tmoqda.
Ushbu anjumanda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T. Daminov ham ishtirok etmoqda.
Tadbirda Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi vakillari, Nagoya, Miye, Tsukuba, Aiti va Vakayama kabi nufuzli universitetlar rektorlari, prorektorlari va fakultet dekanlaridan iborat 45 kishilik yapon delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Anjumanda oliy ta’lim tizimida arxitektura va qurilish, muhandislik, texnologiyalar hamda ijtimoiy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.