O’zbekiston va Belarus o’rtasida ta’lim hujatlarni o’zaro tan olish bo’yicha hukumatlararo bitim imzolandi

2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rahbarligida bo’lib o’tgan muzokaralarda ikki davlat o’rtasida ta’lim hujjatlarini o’zaro tan olish bo’yicha bitim imzolandi.

Ushbu Bitimning imzolanishi ikki davlat o’rtasida kelgusida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishi, qolaversa, o’zbek va belarus' halqlarining o’zaro hamjihatligi va do’stligining mustahkamlanishiga hissa qo’shadi.

So’nggi yillarda malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha hamkorlik jadallik bilan rivojlanmoqda. 2018 yildan buyon O’zbekistonda Maksim Tank nomidagi Belorus davlat pedagogika universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, shuningdek, Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti va Muhammad al-Horazmiy nomidagi Toshkent ahborot tehnologiyalari universitetining qo’shma fakul'tetlari muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.

2018/2019 o’quv yilida Belarusning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda 3 ta OTMda  tashkil yetilgan qo’shma ta’lim dasturlari (double degree)da 195 nafar talaba tahsil olmoqda. Yangi o’quv yilidan  18 ta OTMda hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.