Bugun, 2019 yil 7 avgust kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida 2019/2020 o’quv yili qabuli uchun magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan nomzodlar o’rtasida chet tili fanidan va mutaxassislik bo’yicha kirish maxsus test sinovlari institutning Test markazida bo’lib o’tdi.
2019/2020 o’quv yili uchun tasdiқlangan qabul kvotasi bo’yicha ToshPTI magistraturasiga 33ta mutaxassisliklar, shulardan yangidan 5 mutaxassislik (nefrologiya, bolalar nefrologiyasi, bolalar allergologiyasi, bolalar gastroenterologiyasi, bolalar pulmonolgiyasi) tashkil etilgan. Yuqoridagi mutaxassisliklariga jami 292 nomzod hujjat topshirgan.
Jarayonning ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadida nazoratchilar va videokuzatuvlar tashkil etildi.