ToshPTIda “Yurt obodligiga o’z hissangni qo’sh!” shiori ostida umumxalq hayriya hashari ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi
Bugun, 17 avgust kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Yurt obodligiga o’z hissangni qo’sh!” shiori ostida umumhalq hayriya hashari ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi 672-son farmoyishi asosida o’tkazilgan umumhalq hayriya hasharida oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va talabalar hamjihatlikda muassasa hududida obodonlashtirish ishlarini olib borishdi.
Umumhalq hayriya hashari ertaga ham davom etadi.