2018 yilning 4-5 may kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2017/2018 o’quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash yuzasidan ish beruvchilar hamda bitiruvchilar ishtirokida «Karyera kunlari - 2018» tadbiri o’tkaziladi.
Tadbir oliy ta’lim muassasalari 2017/2018 o’quv yili bitiruvchilarining ishga joylashtirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2005 yil 6 avgustda 1506-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida”gi Nizom ijrosini ta’minlash hamda 2017 yil 27 sentabrdagi №769 sonli O’zbekiston Respublikas Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq joriy o’quv yilidagi institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida bo’lib o’tadi.
Tadbir davomida Toshkent shahar va barcha viloyatlarning so’gliqni saqlash bosh boshqarmalarining ma’sul hodimlari bitiruvchilar bilan bo’sh ish o’rinlari va ishga joylashish tartiblari bo’yicha uchrashuv o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar tizimida tibbiyot hodimlariga bo’lgan ehtiyoj va shart sharoitlar mavzusi ham muhokama qilinadi.
Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun barcha 2017/2018 o’quv yili bitiruvchilarini taklif qilamiz.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Manzil: Toshkent shahar, Bog’ishamol 223 uy (1 qavat, 9 zal).