Koreyaning Sent-Vinsent shifoxonasining shifokorlari ToshPTIga tashrifi

2018 yilning 5 may kuni soat 10:00 da Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Axborot-resurs markazining anjumanlar zalida Janubiy Koreyaning etakchi mutaxassislari ishtirokida jarrohlik ginekologiya bo'yicha seminar bo'lib o'tadi.

 

Tashrif dasturida Koreya katolik universitetining St.Vincent kasalxonasi (Suon, Janubiy Koreya) mutaxassislari - professor Park Dong Chun (bo'limi boshlig'i) va professor Li Sunjong lar ma'ruzalari ko’zda tutilgan.

Дизайн без названия (5)  

Shuningdek, tashrif doirasida muassasalar o'rtasidagi hamkorlikni, ToshPTI yosh mutaxassislari va o’qituvchilari St.Vincent kasalxonasida akademik va klinik ta’lim olishi imkoniyatlari, diplomdan keyingi o'quv dasturlarini amalga oshirish, Koreyalik professor va mutaxassislarning ToshPTIga tashrifi dasturlari, o'zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari va boshqalarni muhokama qilish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, tashrif yakunida ToshPTI va Koreya katolik universiteti St.Vinsent shifoxonasi (Suon, Koreya) o’rtasida anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Дизайн без названия (4)  

Ma'lumot uchun: Koreyaning katolik universitetining St.Vinsent shifoxonasi akusherlik va ginekologiya bo’limi Koreyadagi eng yaxshi tibbiy va ginekologik tibbiyot muassasalaridan biri bo'lib, u mukammal tibbiy, ilmiy-tadqiqot va ta'lim bazalariga ega. Yarim asrdan oshiq vaqt mobaynida Katolik universiteti tibbiyot kolleji ginekologik onkologik kasalliklarni, shuningdek, akusherlik va ginekologiya, reproduktsiya va endokrinologiya sohalari kasalliklarini tashxisoti, davolanishi va o’rganilishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirib keladi.

 

Professor Park Dong Chun (bo'limi boshlig'i) va mamlakatning etakchi 7 professoridan iborat shifokorlar guruhi Koreyalik ayollar uchun sog’lom hayotni ta'minlash maqsadida kasalliklarni oldini olish va davolash bo’yicha eng yaxshi tibbiy xizmatlar ko’rsatadilar.

 

O'tkazilish joyi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Axborot-resurs markazining anjumanlar zali.

 

Vaqt: 10:00, 2018 yil 5 may,.

 

Seminarda ishtirok etish uchun ToshPTI professor-o’qituchilari, magistrlari, ordinatorlari, talabalari va barcha manfaatdor shaxslarni taklif etiladi.