ToshPTI Seul milliy universiteti Bundang klinikasi bilan hamkorlik to’g’risida kelishib oldi

2018 yilning 3 may kuni, Seul milliy universitetining Bundang klinikasi (SNU Bundang Hospital) bosh shifokori, professor Jeon Sangun boshchiligida koreyalik delegatsiya Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

 

Delegatsiya tarkibi: Seul Milliy universitetining Bundang klinikasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Jeon Sangun, tashqi aloqalar departamenti boshlig'i, tibbiyot fanlari doktori, professor Na Ki Yong, Xalqaro sog'liqni saqlash markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sergey Kim.

 

Tashrif doirasida tomonlar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Seul milliy universitetining Bundang klinikasi (SNU Bundang Hospital) orasida o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim imzolashdi.

 

Дизайн без названия (7) 

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining kichik anjumanlar zalida ToshPTI rahbariyati Janubiy Koreyalik delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv yakunida ToshPTI rektori, B.T. Daminov va Bundang klinikasining bosh shifokori, professor Jeon Sangun hamkorlik bitimini imzolashdi.

 

Uchrashuv ToshPTI rektori, professor B.T. Daminov salomlashuvi bilan boshlandi: "Sizni kutib olishdan xursandmiz, umid qilamizki, ushbu uchrashuvimiz samarali hamkorlik uchun asos bo'ladi. Menimcha, bugungi o’zaro munosabatlarimiz jadal rivojlanmoqda. Do'stlik va bunday munosabatlar yangi darajaga ko'tarilishga imkon beradi. Albatta, hamkorlikimizning ko'plab istiqbollar mavjud". Shuningdek, B.T. Daminovning ta'kidlashicha, Koreya Respublikasi tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasidagi yutuqlar dunyoga ma'lum.

 

Professor Jeon Sangun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbariyatiga samimiy qabul va hamkorlikka tayyor ekanligi uchun minnatdorlikni bildirdi. Janubiy Koreyalik mutaxassis ToshPTI Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng taniqli va obro'li tibbiyot OTMlaridan biri ekanini ta'kidladi. Shuningdek, u har ikki tomonning samarali hamkorligi uchun birgalikdagi ishni olib borish va to'liq qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

 

"Biz siz bilan birga o'zaro manfaatli munosabatlarimizni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga xursandmiz. Ayniqsa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, janob Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga iliq tashriflari chog’ida ikki mamlakat o'rtasidagi har tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, shu jumladan sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlik ham" - deydi Seul milliy universiteti klinikasi bosh shifokori.

 

Bundan tashqari, u Seul milliy universitetining klinikasida o'zbek shifokorlarining amaliyoti haqida gapirdi.

 

Дизайн без названия (8)

Koreya delegatsiyasi vakili, Xalqaro sog'liqni saqlash markazi direktori, professor Sergey Kim barcha taklif qilingan yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik ham o'zbek klinikalari va tibbiyot muassasalari shifokorlari uchun, ham ularning Janubiy Koreyalik hamkasblari uchun samarali bo’lishiga umid bildirdi.

 

Hamkorlik to’g’risidagi bitim klinik tibbiyot sohasida qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy-ta’lim va ilmiy-tadqiqot muhitini yaratish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda bemorlarni tashhislash va davolash, teletibbiyotni rivojlantirish va tadbiq etish, gospital operatsiyalar o'tkazish va ularni boshqarishda maslahatlashish, tibbiyot va sog'liqni saqlashda axborot tizimlari va IT-texnologiyalarni tadbiq etish va qo'llab-quvvatlash maqsadida 7 asosiy yo’nalishlar bo’yicha hamkorlikni samarali rivojlantitrishga imkon beradi.

 

Ikki tibbiyot muassasalari o'z mamlakatlarida yuqori malakali tibbiy kadrlar tayyorlash sohasida etakchi innovatsion tibbiyot muassasalari hisoblanadi.

 

Tashrif yakunida Koreya Respublikasi delegatsiyasi ToshPTI rektori, professor B.T. Daminov bilan birga Toshkent pediatriya tibbiyot institute hududida yaratilgan Axborot-resurs markazi, talabalar kutubxonasi va qurilayotgan simulyatsion-mulyaj markazlarini ko’rib chiqib tibbiyot OTMning texnologik jixozlanishi va imkoniyatlari bilan tanishdi.

 

Дизайн без названия (6) 

Eslatib o'tamiz, 2011 yilda ToshPTI rektori, professor B.T. Daminov Seul milliy universitetining Bundang klinikasiga tashrifi doirasida ikki tibbiyot muassasalari o'rtasida anglashuv va hamkorlik to’g’risidagi memorandumi imzolangan edi.