Toshkent pediariya tibbiyot institutining xalqaro hamkorligini rivojlantirish va tibbiyot kadrlarini tayyorlash jarayoniga etakchi xorijiy tibbiyot mutaxassislarini jalb qilish doirasida, 2018 yilning 5 may kuni, Koreya katolik universitetining St.Vincent kasalxonasi (Suon, Janubiy Koreya) professori boshchiligida koreyalik delegatsiya Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibi: Koreya katolik universitetining St.Vincent kasalxonasi akusherlik va ginekologiya bo’limi boshlig’I professor Park Dong Chun, professori Li Sunjong va yosh mutaxassislar - akusher-ginekologlar Kim Suyun va Gen Yuki.
Tashrif doirasida muassasalar o'rtasidagi hamkorlikni, ToshPTI yosh mutaxassislari va o’qituvchilari St.Vincent kasalxonasida akademik va klinik ta’lim olishi imkoniyatlari, diplomdan keyingi o'quv dasturlarini amalga oshirish, Koreyalik professor va mutaxassislarning ToshPTIga tashrifi dasturlari, o'zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari va boshqalarni muhokama qilish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo’lib o’tdi.
Shuningdek, tashrif dasturida Koreya katolik universitetining St.Vincent kasalxonasi (Suon, Janubiy Koreya) mutaxassislari - professor Park Dong Chun (bo'limi boshlig'i) va professor Li Sunjong lar ma'ruzalari ko’zda tutilgan edi.
Muzokaralardan so’ng, soat 10:00 da Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Axborot-resurs markazining anjumanlar zalida Janubiy Koreyalik etakchi mutaxassislar ishtirokida jarrohlik ginekologiya bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
Xususan, Professor Pak Dong Chun ginekologik amaliyotda robot jarrohligi haqida so'z yuritdi, professor Li Sunjong ginekologiyada minimal invaziv jarrohlikning ahamiyati haqida ma'ruza qildi va professor Jahongir Qurbonov ginekologik jarrohlikning asoratlanishining oldini olish mavzusida seminarda so'zladi.
Bundan tashqari, tashrif yakunida ToshPTI va Koreya katolik universiteti St.Vinsent shifoxonasi (Suon, Koreya) o’rtasida anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Anglashuv va hamkorlik to’g’risidagi Memorandum akusherlik va ginekologiya sohasida qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy-ta’lim va ilmiy-tadqiqot muhitini yaratish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda bemorlarni tashhislash va davolash, teletibbiyotni rivojlantirish va tadbiq etish, robotlar yordamida minimal invaziv operatsiyalar o'tkazish va ularni boshqarishda maslahatlashish maqsadida akusherlik va ginekologiya sohasida hamkorlikni samarali rivojlantitrishga imkon beradi.
Ma'lumot uchun: Koreyaning katolik universitetining St.Vinsent shifoxonasi akusherlik va ginekologiya bo’limi Koreyadagi eng yaxshi tibbiy va ginekologik tibbiyot muassasalaridan biri bo'lib, u mukammal tibbiy, ilmiy-tadqiqot va ta'lim bazalariga ega. Yarim asrdan oshiq vaqt mobaynida Katolik universiteti tibbiyot kolleji ginekologik onkologik kasalliklarni, shuningdek, akusherlik va ginekologiya, reproduktsiya va endokrinologiya sohalari kasalliklarini tashxisoti, davolanishi va o’rganilishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirib keladi.
Professor Park Dong Chun (bo'limi boshlig'i) va mamlakatning etakchi 7 professoridan iborat shifokorlar guruhi Koreyalik ayollar uchun sog’lom hayotni ta'minlash maqsadida kasalliklarni oldini olish va davolash bo’yicha eng yaxshi tibbiy xizmatlar ko’rsatadilar.
Etakchi xalqaro tibbiyot muassasasi bilan anglashuv va hamkorlik to'g'risidagi Memorandumi imzolanishi nafaqat O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi xalqaro strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqadi.