Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Pediatriya fanidan Respublika olimpiadasi bo'lib o'tdi

14-15 may kunlari Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida "Pediatriya" fanidan Respublika olimpiadasi bo'lib o'tdi.

 

post 6 (2)

 

Olimpiadada mamlakatimizning 9 tibbiyot OTMlarifan turli yo'nalishlari va fakultetlari talabalari ishtirok etishdi:

- Toshkent tibbiyot akademiyasi;

- Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali;

- Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg'ona filiali;

- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

- Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali;

- Toshkent davlat stomatologiya instituti;

- Andijon davlat tibbiyot instituti;

- Buxoro davlat tibbiyot instituti;

- Samarqand davlat tibbiyot instituti. 

 

post 6 (1) 

Olimpiada 4 turda o'tkazilib, talabalarning javoblari natijalari yuqori malakali hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.

 

Olimpiada natijalariga ko'ra:

1- o'rin Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi Qurbonova Muborakon,

2- o'rin Toshkent tibbiyot akademiaysi talabasi Nuriddinov Husniddin,

3 - o'rin Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi Ruziyev Amal-hoji.

 

post 6


Olimpiada qatnashchilari, ularning rahbarlari va mehmonlar Olimpiada tashkiliy qo'mitasining ishini yuqori baholadilar va institutda yaratilgan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan mamnun bo'lishdi.