ToshPTI rektorining Qozon shahridagi tibbiyot muassasalariga tashrifi natijalari

Sog'liqni saqlash sohasida o'zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida 29-31 may kunlari O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, t.f.d., professor Daminov B.T., Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, t.f.d., professor Tuychiev L.N., ToshPTI Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Nurxo'jaev S.N. va TTA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Isroilov J.D.lar Tatariston Respublikasiga tashrif buyurdi.

 

Tashrifning maqsadi Qozon shahridagi tibbiyot oliy o'quv muassasalari va simulyatsiya texnologiyalari bo'yicha ixtisoslashgan markazlarning faoliyati bilan tanishish, tibbiy oliy o'quv yurtlari va ixtisoslashgan markazlar bilan hamkorlik to'g'risidagi bitimlarni imzolashdan iborat bo'ldi.

 

Tashrif chog'ida delegatsiya bir qator ob'ektlarga tashrif buyurdi va ularning faoliyati bilan tanishdi.

 

Simulyatorlar ishlab chiqarish bo'yicha korxonaga ekskursiya tashkil etildi, u yerda “Eidos-Meditsina” MChJ va “Eidos-Robotics” kompaniyalari haqida taqdimot o'tkazildi va hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi.

 

photo_2018-06-13_23-19-16  

 

Uchrashuv davomida kompaniyaning faoliyati bo’yicha va tibbiy simulyatsiya tizimini rivojlantirish strategiyasi haqida batafsil ma'lumot berildi, shuningdek, O'zbekiston delegatsiyasining maqsad va vazifalari muhokama qilindi.

 

photo_2018-06-13_23-19-18  

 

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istagi bildirdi.

 

photo_2018-06-13_23-19-19  

 

Shuningdek, delegatsiya "Tibbiyot fanlari markazi" nomli “Tibbiyot simulyatorlari mintaqaviy injiniring markazi” OAJda va Yuqori tibbiy texnologiyalar bo'yicha o'quv markazi – “AMTEC KAZAN”da simulyatsion markazlarining amaliy ish faoliyati bilan tanishildi.

 

photo_2018-06-13_23-19-20  

 

Tashrif chog'ida Yuqori tibbiy texnologiyalar bo’yicha o'quv markazi - AMTEC KAZAN rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi va markaz bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.

 

Bundan tashqari, delegatsiya etakchi oliy tibbiy ta'lim muassasalariga tashrif buyurdi va Qozon davlat tibbiyot akademiyasi - QDTA, Qozon federal universiteti - QFU va Qozon davlat

tibbiyot universiteti - QDTU rahbarlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.

 

photo_2018-06-13_23-19-22

 

photo_2018-06-13_23-19-23

 

photo_2018-06-13_23-19-23 (2)

 

Bundan tashqari, ToshPTI rektori Qozon shahridagi 21-shahar poliklinikasiga tashrif buyurdi, unda poliklinikaning ma'muriyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va poliklinikada ekskursiya tashkil etildi.

 

photo_2018-06-13_23-19-25

 

photo_2018-06-13_23-19-25 (2)

 

Tashrif dasturiga muvofiq O'zbekistonning ikki yetakchi tibbiyot oliy o'quv yurtlari rektorlari Tatariston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri – Adel Vafin bilan uchrashuv o’tkazishdi. Unda strategik sheriklik va sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

 photo_2018-06-13_23-26-13

 

Mazkur tashrif sog'liqni saqlash sohasida qo'shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va muvofiqlashtirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda xalqaro standartlarga mos o'quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish, professor-o'qituvchilarning salohiyatini oshirish va mamlakatimiz tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalarini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish uchun katta amaliy ahamiyatga ega.

 

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Matbuot xizmati