Toshkent pediatriya tibbiyot institutida yana bir xayrli ish (volontyorlik) amaliyoti yo'lga qo'yildi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining "Yoshlar Ittifoqi" faol yoshlari tashabbusi bilan "Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ko'nglli yoshlar jamiyati" tashkil etildi.

Bugungi kund muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy ishchilarni aholi bilan muntazam yuzma-yuz muloqot qilish, ijtimoiy zaif qatlamlarini (nogironlar, urish va mehnat faxriylari, yolg'iz yashovchi keksalar) o'ylantirayotgan tibbiy-ijtimoiy masalalarga yechim topish yo'lida ixtiyoriy faoliyatni qo'llab-quvvatlash va undan unumli foydalanish uchun zarur barcha shart-sharoitlar va huquqiy asoslar yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyun kuni qabul qilingan "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi" PQ-3775-sonli Qarorida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta'lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish bo'yicga tizimli ishlarni tashkil etishvazifalari belgilangan.

Shu bois, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti faol yoshlarining tashabbusi bilan, 2018 yil 12 iyun kuni institut rahbariyati, professor-o'qituvchilari, yosh olimlari, talabalari, shuningdek, O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

Tadbirda ToshPTI yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori M.A.Axmedova, klinik ordinatura bo'limi boshlig'i D.T.Ashurova, Ilmiy Kengash kotibi Sh.I.Ro'ziyev, marketing bo'limi boshlig'i B.Yu.Ulliyev, "Yoshlar Ittifoqi" boshlang'ich tashkiloti yetakchisi A.A.Nasirov, ToshPTI matbuot kotibi X.A.Abidov, O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Toshkent shahar boshqarmasi mutahassisi va Yunusobod tumani boshqarmasi ijrochi direktori qatnashdilar.

 

photo_2018-06-20_14-16-41

 

Ushbu uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad - yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan "Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ko'ngilli yoshlar jamiyati"ni tuzish, uning maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish, volontyorlik harakatini dunyoda va yurtimizda tutgan o'rni, rivoji qay darajada ekanligi haqida tadbir ishtirokchilariga ma'lumot berishdan iborat bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasida "Ko'ngillar harakati to'g'risida" Qonunida volontyorlarning faoliyati sohalari, huquqlari, vakolatlari, majburiyatlari hamda volontyor yoshlar va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hususida talaba-yoshlar o'zlarining amaliy takliflarini ilgari surdilar.

Ushbu harakatning faoliyati talabalarning yozgi ishlab chiqarish amaliyoti dasturiga kiritilishi ko'zda tutilgan.

 

photo_2018-06-20_14-16-42

 

Loyiha bo'lajak shifokorga aholi bilan muloqot tajribasini oshirishga, shifokor uchun muhim bo'lgan hamdardlik fazilatini shakllantirishga va aholining uyushmagan qatlamiga davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan ijtimoiy himoyani hayotga tadbiq etish uchun ssharoit yaratadi.

Ushbu tadbir qizg'in bahs-munozaralarga boy tarzda o'tkazilda va tadbir ishtirokchilari tomonidan harakatning loyihasiga qo'shimchalar kiritildi.

 

photo_2018-06-20_14-16-43

 

O'z o'rnida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati ushbu xayrli tashabbusni qo'llab-quvvatlab, amaliy yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

Ushbu jarayonda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining professor-o'qituvchilari, yosh olimlari, magistrantlari, klinik ordinatorlari va talabalari ishtirok etish istagini bildirdilar.