Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o’z bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo’yicha Buxoro viloyatida mahalliy sog’liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari bilan birgalikda bitiruvchilarni tantanali kutib olish bo’yicha tadbir o’tkazdi. Unda Buxoro viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi birlamchi tibbiyot korxona-tashkilotlari (poliklinikalar, tez tibbiy yordam stansiyalari, QVP va boshqalar) bo’sh ish o’rni bilan qatnashdi.
Institut vakili, ToshPTI Ilmiy Kengashi kotibi Sh.Ro’ziyev va boshqalar mamlakatimizda navqiron avlodni yuksak intellektual salohiyatli insonlar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, orzu-maqsadlarini yuzaga chiqarishga ko’maklashish Prezidentimiz rahnamoligida amalgam oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan ekanini alohida ta’kidladi.
Mamlakatimizda sog’liqni saqlash sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ushbu sohani rivojlantirish, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu borada birlamchi tibbiyot xizmati, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat, xususiy tibbiyot, aholining reproduktiv salomatligini asrash kabi yo’nalishlar ustuvor vazifa qilib belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag’ishlangan bir kator yig’ilishlarida, davlatimiz raxbari sog’liqni saqlash tizimidagi muammo va kamchiliklarni hududlar kesimida tahlil qilib, joylardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar ta"minoti va salohiyati yetarli emasligi, ya"ni bugungi kunda mamlakatimizda 11 mingdan ziyod shifokor yetishmasligi sababli yangidan tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga sifatli tibbiy yordam ko’rsata olinmayotgani, buning sabablari, oqibat va yechimlariga alohida e"tibor qaragan edi. Shu bois yurtimizda ushbu sohada yetuk mutaxassislar tayyorlashga alohida e"tibor qaratilmoqda.
– Ishlab chiqarish amaliyotida qatnashib, yetarli ko’nikma va malakaga ega bo’lgan tibbiy oliy ukuv muassasalar bitiruvchilariga mehnat bozorida talab ortib bormoqda, – deydi Buxoro viloyati soglikni saklash boshqarmasi vakili. – Shu tariqa nazariy bilimini amaliyotda qo’llayotgan yosh mutaxassislar ishlab chiqarishda muhim kuchga aylanmoqda. Mazkur tadbirlar yoshlarning kasbi bo’yicha ishga joylashishi, jamiyatga va oilasiga naf keltirishiga xizmat qilmoqda.
Institutning barcha talabalari birlamchi tibbiyot tizimidagi korxonalarda amaliyot o’tab, mutaxassisligi bo’yicha ish bilan ta"minlanmokda. Har yili institut bitiruvchilari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etilib, mutasaddi korxonalar bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolanadi.
O’tgan o’quv yili natijalariga ko’ra, institut bitiruvchilarining 95 foizga yaqini muqim ish joyiga ega bo’lgan bo’lsa, joriy yilda yuz foiz bitiruvchi ishga joylashdi. Institut ish beruvchilar bilan shartnoma imzolanganidan keyin bitiruvchilarning ish bilan ta"minlanganligini doimiy monitoring qilib boradi.
– Joriy yilda ishlab chiqarish amalayoti davrida yetarli ko’nikmaga ega bo’lgan ToshPTI bitiruvchilaridan ish bilan ta"minladik, – deydi Buxoro viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasining kadrlar bo'limi boshligi. – Ayni paytda bitiruvchi yoshlar bilan suhbatlar o’tkazib, ularni ishga qabul qilish ishlari davom etmoqda. Egallagan kasbi bo’yicha nazariy bilimga ega, izlanuvchan yoshlar tezda ish jarayonida malakali mutaxassislar safidan o’rin olmoqda.
Viloyatda bitiruvchilar bandligiga ko’maklashish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida to’plangan tajriba to’la ishga solinmoqda.
Ushbu tadbir davomida bitiruvchilar va ish beruvchilar o’rtasida shartnomalar imzolandi.