2018/2019-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq, 2018/2019-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018-yilning 20-iyulidan 20-avgustiga qadar qabul qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
- oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan;
- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
- № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi (pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi).
Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018-yilning 20-iyulidan 20-avgustiga qadar qabul qilinadi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun OTMtlar ro'yxati quyidagilardan iborat:
1. Toshkent tibbiyot akademiyasi
2. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
3. Toshkent farmatsevtika instituti
4. Toshkent davlat stomatologiya instituti
5. Andijon davlat tibbiyot instituti
6. Buxoro davlat tibbiyot instituti