2018 yil 3-20 Iyul kunlari, "Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ko'nglli yoshlar jamiyati" va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan birgalikda o'tkazilayotgan aksiya davomida, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy volontyorlari tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi "Uvaysiy", "Yurtobod" va "Bobodehqon" mahallalarida istiqomat qiluvchi aholiga patronaj va tibbiy ko'rik o'tkazildi.
Volontyorlar joylarga chiqishdan avval tayyorgarlik ko'rdilar. Aholi bilan yaqin muntazam yuzma-yuz muloqot qilish, va fuqarolarni o’ylantirayotgan tibbiy-ijtimoiy masalalarga yechim topishda yordam berish maqsadida volontyorlar trening darslarida ishtirok etdilar. ToshPTI professor-o'qituvchilaridan iborat bo'lgan spikerlar guruhi volontyorlarga trening o'tkazdi. Unda volontyorlarning e'tibori aholining ijtimoiy zaif qatlamiga (nogiron, urush va mehnat faxriylari, yolg'iz qariylar) qaratilishi lozimligi ta'kidlandi.
Trening darslaridan so'ng volontyorlar joylarga - Yunusobod tumani mahallalariga maxsus "volontyorlik" mashinalarda yo'l oldilar.
Shu kunlari, volontyorlar mahalla vakillari bilan birgalikda aholi o'rtasida profilaktik va tibbiy savodhonlikni oshirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni oldini olish haqida aytib berish uchun "Uvaysiy", "Yurtobod" va "Bobodehqon" mahallalaridagi xonadonlarga tashrif buyurdi.
Yunusobod tuman aholisiga ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va ukarni oldini olish, yani profilaktikasi tog'risida targ'ibot ishlari oborilidi, fuqarolarning qon bosimi o'lchandi, tog'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzi haqida foydali maslahatlar berildi.
"Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining ko'nglli yoshlar jamiyati " volontyorlarining aksiyasi davom etmoqda.