ToshPTI bakalavriatiga qabul tugadi: qabul komissiyasi natijalari

2018 yil 15 Iyul kuni soat 18:00 da Toshkent pediatriya tibbiyot institutining qabul komissiyasi faoliyati o’z yakuniga yetdi. U o’z faoliyatini 15 iyun kuni boshlagan edi.

2018 yil 15 Iyul kuni abituryentlar nihoyat bir kasb tanlash va qabul komissiyasiga murojaat qilish uchun mumkin bo'lgan oxirgi kuni edi.

Qabul qilingan arizalar soni bo'yicha yakuniy natijalar bir necha kun ichida e'lon qilinadi. Ta'kidlash joizki, so'nggi kunlarda hujjatlarni topshirganlar soni 1,5 mingga oshdi (topshirilgan hujjatlarni umumiy sonidan 34% tashkil qiladi), qabul komissiyasiga murojaat qilib xujjat topshirgan abituriyetnlarning umumiy soni 4428.

Eng mashhur ta'lim yo'nalishi – “Pediatriya ishi” - 2778 ariza, yoki 62%. “Davolash ishi” fakultetida – 816 ariza, yoki 18%, “Tibbiy-pedagogika” fakultetida esa 217, yoki 5%.

Eng kam topshirilgan hujjatlar soni “Oliy hamshiralik ishi” fakulteti - 311, yoki 7% va “Tibbiy-biologik ishi” fakulteti - 306, yoki 7% aniqlangan.

ToshPTIda topshirilgan arizalar bo'yicha o'rtacha tanlov 1 joyga 9 kishini tashkil etdi. Hujjatlar 4728 ta abiturientlar tomonidan topshirildi.

Qabul komissiyasining samarali ishlashi, abituriyentlardan hujjatlarni tez va sifatli qabul qilish, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berish uchun barcha sharoit yaratildi. Bu yerda har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha ma’lumot oynalari, institut tarixi va bugungi kunidan hikoya qiluvchi ko‘rgazmali vositalar o‘rnatildi. Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tibbiyot xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Komissiya tarkibiga universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari jalb etilib, abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarildi. Hujjat qabul qilish jarayonini sifatli amalga oshirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari va boshqa imkoniyatlardan samarali foydalanildi.