Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Xalqaro bo’limida kadr o’garishlar

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Xalqaro bo'limi tarkibida Xalqaro loyihalar va grantlarni muvofiqlashtirish, chet elda malaka oshirish va chet ellik talabalar bilan ishlash bo'yicha yangi bo'lim tashkil qilindi.

Ushbu bo’lim rahbari lavozimiga «Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika» kafedrasi assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD), Saidxo'jaeva Saida Nabievna tayinlandi.

Xalqaro bo'limining joriy rahbari Sobir Nurxodjaev o'z o'rnini saqlab qoldi va Xalqaro bo’limga rahbarlik qiladi.

Endi S.Nurxodjaev zimmasiga xorijiy ta'lim va tibbiyot muassasalari, jamg'armalar va xorijiy davlatlarning boshqa tashkilotlari bilan xalqaro aloqalar sohasida bitimlar tuzish, institutning, fakultetlarning, kafedralarning va institutning boshqa tuzilmaviy bo'linmalarining xalqaro hamkorligini muvofiqlashtirish bilan bo’gliq masalalar yuklatildi.