2018 yil 26 sentabr kuni soat 14:00 da Toshkent pediatriya tibbiyot institutining hududidagi Axborot-resurs markazi majlislar zalida Ilmiy kengash yig’ilishi o’tkaziladi.
Kun tartibi:
1. 2017-2018 o’quv yili talabalarning o’zlashtirish natijalarining tahlili va yangi 2018-2019 o’quv yilidagi rejalar.
Ma’ruzachi: O’quv ishlari bo’yicha prorektor, t.f.d, dotsent Q.N.Xaitov.
2. ToshPTIning 2017-2018 o’quv yilidagi ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo’yicha hisoboti.
Ma’ruzachi: Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor, f.f.n., dotsent M.A.Axmedova.
3. ToshPTI o’quv jarayonida chet tillarni keng qo’llash va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida.
Ma’ruzachi: Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent D.D.Buranova.
4. ToshPTIda Oliy ta’lim vazirligi va sog’liqni saqlash vazirligining hay’at qarorlari ijrosi haqida.
Ma’ruzachi: Ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i, G.G.Maxkamova.
5. ToshPTIda kafedralar kesimida 2018 yil reytingi bajarilish holati to’g’risida.
Ma’ruzachi: Ilmiy va pedagogik kadrlar tayorlash bo’limi boshlig’i, t.f.n., dotsent Sh.R.Abzalova.
6. Dissertatsiya, monografiya va o’quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash.
7. Turli masalalar.
Kengash raisi B.T.Daminov