OTMlar 5 ballik baholashga o’tadi, joriy nazoratning roli pasaytirildi

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizom e’lon qilindi (ro’yhat raqami 3069, 26.09.2018 y.).

Hujjatda 2 ta muhim yangilik nazarda tutilgan – bilimni baholashning reyting tizimidan 5 ballik tizimga o’tiladi va joriy nazoratning (har bir seminar va amaliy mashg’ulotda nazorat) roli pasaytiriladi.

Bu – muhim! Bu barcha talabalarga dahl qilmaydi. Yangi Nizom 2018-2019 o’quv yilida, shuningdek keyingi o’quv yillarida o’qishga qabul qilingan talabalarga qo’llaniladi. Ya’ni, yangi tizimni bu yilgi birinchi kurs talabalari o’zlarida sinab ko’radilar. Qolgan kurslarga nisbatan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida nizom qo’llaniladi (ro’yhat raqami 1981, 10.07.2009 y.).

Bundan tashqari, yangi hujjat o’qitishning modul' tizimi joriy qilingan OTMga umuman tatbiq ehtilmaydi. Masalan, TDYU, chamasi, Toshkent davlat yuridik universitetida o’qitishning modul' tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to’g’risida nizomga (ro’yhat raqami 2780, 22.04.2016 y.) asosan reyting tizimi bo’yicha ishlashni davom ehttiradi.

Shu tariqa, talabalar bilimini baholash mezonlari belgilandi:

•        talaba mustaqil hulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ehga deb topilganda - 5 (a’lo) baho;                                                                                                            

•        talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ehga deb topilganda- 4 (yahshi) baho;

•        talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ehga deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;

•        talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ehga ehmas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

Endi oraliq va yakuniy nazorat baholari yuridik ahamiyatga ehga.

Ilgarigidek, oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin fan o’qituvchisi tomonidan 2 martagacha o’tkaziladi. Uning shakli, muddati va topshiriqlar ro’yhati kafedra tomonidan belgilanadi. Bunda haftasiga 2 soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 soatdan) kam bo’lgan fanlar bo’yicha oraliq nazorat o’tkazilmaydi.

Oraliq nazorat bahosini qo’yishda o’qituvchi talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning faolligini eh’tiborga oladi. Garchi joriy nazoratni butunlay bekor qilish haqida gap bormasada, biroq talabaning yakuniy nazoratga kiritilishiga endi to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatmaydi. Talaba yakuniy nazoratga faqat oraliq nazorat natijalari bo’yicha kiritilmasligi mumkin (agar topshirmasa yoki “2” baho olsa).  Bunday natijalar bilan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Yakuniy nazorat – ehng muhim. Aynan uning bahosi baholash daftariga (sobiq reyting daftari yoki “zachyot daftari”) yozib qo’yiladi. Fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan o’qituvchi yakuniy nazoratni o’tkazishda ishtirok ehtishi taqiqlanadi. Boshqa pedagog tayinlanishi, tibbiyot OTMda esa – kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya bo’lishi kerak.

Yakuniy nazorat shakli kafedra tomonidan belgilanadi. Bunda mazkur shakl o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga kiritiladi. Talaba uchun bir kunda 1 tadan ortiq yakuniy nazorat qo’yish, shuningdek 2 kundan kam oraliqda belgilanishi taqiqlandi.

1 tadan 3 tagacha fandan akademik qarzdorligi bo’lgan talabalarga qayta topshirishlari uchun quyidagicha vaqt beriladi:

•        kuzgi semestr yakunlari bo’yicha – 1 oy

•        bahorgi semestr yakunlari bo’yicha  - yangi o’quv yili boshidan 1 oy (yakuniy davlat attestaciyasi boshlangunga qadar).

2 marta qayta topshirish imkoniyati nazarda tutilgan. Agar talaba birinchi qayta topshirishda akademik qarzdorligini yopa olmasa, ikkinchi qayta topshirish fakul'tet dekani tomonidan tuziladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Agar fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko’p bo’lsa, talaba joriy kursda qoldiriladi.

Nizom boshqa normalarni ham o’z ichiga oladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.09.2018 yildan kuchga kirdi.