Mazkur yirik xalqaro forum davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida oʻtkazilmoqda. Unda ikki davlatning 140 oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, jumladan, Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.
Ushbu forumda institutimiz rektori, professor Daminov B.T. ham ishtirok etdi.
Forum yakunida O'zbekiston va Rossiya Federatsiyasining ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitimlarning 100 dan ortiq bitimlari imzolandi.
Xususan, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rektori, professor Daminov B.T. va Sankt-Peterburg pediatriya tibbiyot universitetining rektori, professor Ivanov D.O. , "Pediatriya ishi" mutaxassisligi bo'yicha qo'shma dasturni tashkil etish va kelajakda OTMlarda qo'shma Xalqaro fakultetni ochish to'g'risida bitim imzoladi.