ToshPTIga yurtdoshlarimiz - etakchi xorijiy mutaxassislarning tashrifi

Joriy yilning 27-oktabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "Nevrologiyada yuksak qadamlar. Yurtdoshlarimizning chet eldagi tajribasi " mavzusida xorijiy yurtdoshlarimiz ishtirokida konferentsiya bo'lib o'tdi.

IMG_9485

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik doirasida ushbu sohadagi ilg'or tajriba bilan almashish maqsadida konferensiyada ishtirok etish uchun chet ellik ekspertlar taklif etildi.

Tadbirga taklif etilgan mehmonlar:

- Azimov Alisher Saifullaevich - Kaliforniya shtatining San-Diego shahridagi UCSD shifoxonasining neyrofiziologiyasi bo’limi dotsenti. Kaliforniya shtatining San-Diego shahridagi Alvarado tibbiyot markazining bosh neyrofiziyologi. "Neyrofiziolgiya: kecha, bugun va ertaga" mavzusida ma’ruza qildi.

IMG_9520 

- Dadabaev Alisher Ravshanbekovich - VA Ann Arbor Healthcare System og’riqlar bo’yicha bosh mutaxassisi. Michigan shtatining Enn Arbor shahridagi Michigan universitetining Anesthesiologiya kafedrasida dotsenti. "Og'riqni boshqarish. Og'riq sindromi bo'lgan bemorlarni davolashni boshqarish" mavzusida ma’ruza qildi.

IMG_9507 

- Joldos Quljanov – taniqli olim va ortoped, AQShning eng yaxshi besh travmatologlaridan biri, professor, Missuri shtatidagi Sent-Luis Universitetining Ortopedik jarrohlik bo'limining direktori. "Ortopedik jarrohlikning zamonaviy imkoniyatlari" mavzusida ma’ruza qildi.

IMG_9499 

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan Nevrologiya va Insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va O'zbekiston nevrologlari jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etildi.

IMG_9514 

Mazkur tashrif tibbiyot sohasida xalqaro ilmiy va amaliy yutuqlar haqida ma'lumot olish imkoniyatini berdi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari va o'qituvchilari bilimi va malakasini oshirishga yordam berdi.

IMG_9525