Xalq tabobati sohasini tartibga solish masalalari muhokama qilindi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O’zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Ibn Sino jamoat fondi hamkorligida “Xalq tabobati – aholiga tibbiy yordam ko’rsatishning qo’shimcha usuli” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

\r\n

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ekspertlar, olimlar, keng jamoatchilik va ommaviy ahborot vositalari hodimlari ishtirok etdi.

\r\n

Tadbirda davlatimiz rahbarining joriy yil 12 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyati, jurtimizda Xalq tabobatini rivojlantirish yo’lidagi muammolar va ularning echimi, huquqiy asoslarini takomillashtirish bilan bog’liq vazifalar muhokama qilindi.

\r\n

Ta’kidlanganidek, so’nggi yigirma yil davomida aholining barcha qatlamlarida tabiblar hizmatidan foydalanishga talab, tabiiy o’simliklardan tayyorlangan dorivor vositalarga qiziqish kuchaygan. Mazkur qaror sohadagi muammolarni bartaraf etish bilan birga uni yangi bosqichga olib chiqishga hizmat qiladi.

\r\n

Qarorda Xalq tabobatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari sifatida Xalq tabobati sohasidagi faoliyatni tartibga solish va nazorat qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy bazani shakllantirish, Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy hizmat ko’rsatuvchi shahslarning huquqiy maqomi va ular tomonidan ko’rsatilgan hizmatlar oqibati uchun javobgarlikni belgilash ko’zda tutilgan. Xalq tabobatining ko’p yillik ko’nikmalari hamda amaliyotda tasdiqlangan ijobiy jutuqlarini zamonaviy tibbiyotga integratsiyalash orqali uning salohiyatidan foydalanish kabi ustuvor vazifalar O’zbekiston “Adolat” SDP saylovoldi dasturidagi aholining keng qatlamlariga ko’rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish tamoyili ijrosini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.

\r\n

Tadbir davomida amaliyotchilar, mutahassislar, olimlar hamda deputatlarning sohani yanada takomillashtirishga doir takliflari tinglandi.

\r\n

Davra suhbati yakunida sohaga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish, qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha o’zaro hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.