Tibbiyot hodimlari kuni keng nishonlandi

Tibbiyot hodimlari kuni munosabati bilan joriy yil 9 noyabr kuni Turkiston san’at saroyida bayram tantanalari bo’lib o’tdi. Unda hukumat vakillari, Sog’liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, tibbiyot sohasi fidoyilari jam bo’lishdi.

2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi tibbiyot hodimlari kunini belgilash to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, mamlakatimizda har yili noyabr' oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot hodimlari bayrami sifatida keng nishonlanib kelinadi. Bu galgi bayram tadbiri har yilgidan-da ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

 

de16566ab0fe571c3dcf908827457d24

 

Tantanali tadbirda qayd etilganidek, so’nggi yillarda barcha sohalarda bo’lgani kabi sog’liqni saqlash tizimi rivojiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Qisqa davr ichida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 130 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar tibbiyot rivojida asos bo’lib hizmat qilayapti. Ularda belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilayotgani sohani yanada yahshilash, aholiga ko’rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ihtisoslashtirilgan hizmatlar sifatini oshirish, arzon va sifatli dori-darmon, zamonaviy tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, hususiy tibbiyotni rivojlantirish, bilimli va tajribali mutahassislarni tayyorlash bo’yicha bir qator islohotlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. E’tiborli tomoni, davlat byudjetidan sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirishga ajratilayotgan mablag’lar yildan-yilga ko’paymoqda. Joriy yilda sohaga 9,6 trillion so’m yo’naltirildi, bu o’tgan yildagiga nisbatan 1,4 barobar ko’p.

Aholi eng ko’p murojaat qiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya bo’g’inida avvallari mavjud bo’lmagan ijtimoiy dorihona va kunu-tun ishlaydigan tez tibbiy yordam shohobchasiga ega 793 ta qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etildi. Ularda beshta yo’nalishda ya’ni, amaliyot vrachi bilan birga, terapevt, hirurg, pediatr, stomatolog, ginekolog kabi tor mutahassislar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bundan tashqari, tibbiy hodimlarning mehnati samaradorligini reyting baholash tizimi joriy qilindi. Shifokor qabuliga yozilish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo’yicha “Elektron poliklinika” tizimiga bosqichma-bosqich o’tilmoqda.

 

534026e518c138002e9bb7461e1ad2e8

 

Shuningdek, ona va bola salomatligi, Shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi o’zgarishlar, dori-darmon ta’minotidagi o’zgarishlarni ham alohida e’tirof etish mumkin. Aholiga ihtisoslashtirilgan hizmatni yaqinlashtirish yildan-yilga kengayib borayapt. Hozirda nevrologiya va insult yo’nalishi hisobiga respublika ihtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari soni 16 taga etdi. 

Tibbiyotni yanada isloh qilish va sifat darajasini oshirish borasida izchil sa’y-harakatlar bir zum bo’lsa-da to’htagani yo’q. Bu borada ilg’or horijiy davlatlar tajribasi o’rganilib, yurtimizdagi halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda. Tibbiyot tizimining 2025 yilgacha mo’ljallangan 7 yillik rivojlantirish koncepciyasi ishlab chiqilmoqda.

Tibbiyot hodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur bayram tadbirida “Yilning eng yahshi shifokori” ko’rik-tanlovi doirasida “Yilning eng yahshi kardiologi”, “Yilning eng yahshi terapevti”, “Yilning eng yahshi hirurgi”, “Yilning eng yahshi pediatri”, “Yilning eng yahshi neonatologi”, Yilning eng yahshi akusher-ginekologi”, “Yilning eng yahshi sog’liqni saqlash tashkilotchisi”, “Yilning eng yahshi infekcionist vrachi”, “Yilning eng yahshi sanitariya-epidemiologiya vrachi” kabi jami 30 nominaciya bo’yicha 1-, 2- va 3-o’rinlarga munosib ko’rilgan sohaning fidoiy hodimlari diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

 

330f3088487a335a81671c5a84c5fbf4

 

El ardog’idagi san’atkorlarning kuy-qo’shiqlari yig’ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi. 

Tantanali tadbirda Bosh vazir o’rinbosari Aziz Abduhakimov, Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov ishtirok etdi va so’zga chiqdi.