ToshPTIning volontyorlari antibiotiklardan to'g'ri foydalanish bo'yicha Butunjahon haftaligiga bag'ishlangan anjumanda ishtirok etdilar

Toshkentda antibiotiklardan to'g'ri foydalanish bo'yicha Butunjahon haftaligiga bag'ishlangan xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xodimlari va faol yoshlari - volontyorlari ishtirok etdilar.

ab conf 1

Antibiotiklarga qarshilik inson salomatligiga tahdid soluvchi xavf deb ataladi. O'zbekistonda dorixonalarda antibiotiklarning tavsiya etilishi va muomalasini nazorat qilish yaxshilanadi.

Antibiotiklar dunyodagi eng ko'p qo'llaniladigan dori vositalaridan biridir va deyarli barcha tibbiyot sohalarida qo'llaniladi. Biroq, noto'g'ri foydalanish natijasida ular, albatta, kerak bo'lgan vaqtda yordam bera ololmaydi. Global miqyosda antibiotiklarga qarshilik inson sog'lig'iga bo'lgan global tahdidga aylandi.

Ko'p dori-darmonlarga chidamli bakteriyalar chaqiradigan infektsiyalardan dunyoda har yili taxminan 700 ming kishi halok bo'ladi. Bu ma'lumotlar chorshanba kuni antibiotiklardan to'g'ri foydalanish bo'yicha Butunjahon haftaligiga bag’ishlangan matbuot anjumanida e'lon qilindi.

ab conf 2

"O'zbekistonda hayvonlar va odamlarning yuqumli kasalliklarni davolashda qo’llaniladigan antibiotiklar munosabatida juda ehtiyotkorlik va masuliyat bilan yondoshish kerak," deydi Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens. "Agar butun jamiyat va davlatning barcha sektorlarda va barcha darajalarda amalga oshirilgan harakatlarda ishtiroki ta'minlanmansa, o'zgarishga erishish mumkin emas".

JSST tomonidan qo'llab-quvvatlangan "Bir salomatlik" yondashuvi chorvachilik, sog'liqni saqlash va atrof-muhit sohalarini antibiotiklarni noto'g'ri qo'llashni oldini olish yo’lida birgalikda ishlashga da'vat etadi.

"O'zbekiston antibiotik qarshiligining tarqalishi bilan bog'liq haqiqiy tahdiddan xabardordir. Biz milliy harakat rejasini ishlab chiqish boyicha faoliyatni yakunlamoqdamiz", - deydi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari Xalida Ahmedova.

ab conf 3

Retsept va retseptsiz antibiotiklar

Antibiotiklar retseptsiz beriladigan dori-darmonlar ro'yxatiga kiritilmagan va maxsus blankda retseptni taqdim etilganidan keyin dorixonalarda sotilishi mumkin. Biroq, bu qoidaning butun O'zbekistonda buzililishi holtlari aniqlanadi.

"Garchi bu masala normativ hujjatlar bilan qat'iy tartibga solingan bo'lsa ham, Antimikrobik dori vositalari retseptisiz sotilishi holatlari mavjudligi - haqiqatan ham katta muammiz, - deydi antibiotiklardan foydalanish bo'yicha milliy koordinator va Dori-darmonlarni baholash va standartlashtirish davlat markazi bo'lim boshlig'I Muhabbat Ibrohimova.

"2020-yilda elektron retseptlar va kasallik tarixi tizimini joriy etishlishi barcha tavsilayalar tog’risidagi ma'lumotlarni bazaga kiritish va dori vositalarni sotilishini kuzatish imkonini beradi. Bu dori-darmonlarning oqilona va ratsional tavsiya etilishini va ularning oqilona sotilishini ta'minlaydi ", dedi u.

Shuningdek, retseptsiz beriladigan dori-darmonlar ro'yxatiga kiritilmagan dori vositalarni sotganlarni jarimaga solishni ta’minlash yo’lida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish kiritilishi taklif etiladi, deydi Muhabbat Ibragimova.