«Zakovat» bo’yicha «Talabalar kubogi-2018» turnirining respublika bosqichi o’z yakuniga yetdi. O’ta qizg’in kurashlarga boy o’tgan turnirda quyidagi OTMlar jamoasi kuchli uchlikni band qilishdi:
1-o’rin: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
2-o’rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
3-o’rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Eng qizig’i chempion bo’lgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti jamoasi saralash bosqichida 6-o’rinni egallab, finalga chiqqan 15 ta jamoa o’rtasida eng yomon natija ko’rsatgan edi. Lekin omad bugun ular tomonda bo’ldi.
Endi kelgusi haftada ToshPTI jamoasi «Zakovat» ko’rsatuvining mahsus sonida ishtirok etadi. Kelgusi yil boshida esa Italiyaning Turin shahrida bo’ladigan o’quv seminarida qatnashadi.
Shu bilan ilk marotaba tashkil etilgan va 80ta oliy ta’lim muassasasi qatnashgan «Talabalar kubogi» turniri o’z nihoyasiga etdi.