ToshPTI talabalari uchun bepul Wi-Fi taqdim etildi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bosh o'quv binosi hududida bepul Wi-Fi (SSID: TPMI WiFi) internet tarmog'iga kirish imkoni paydo bo'ldi.

ToshPTIning akkauntga ega bo’lgan har bir talabasi, o'qituvchisi va hodimi internetga bepul ulanishlari, noutbuk va shaxsiy gadjetlar orqali institutning axborot resurslaridan foydalanishlari mumkin.

Talabalar va hodimlar SSID: "TPMI WiFi" nomli Wi-Fi tarmog'i orqali korporativ tarmoqning simsiz segmentiga ulanishlari mumkin - ulanish uchun akkaunt nomi va parol bo’lish lozim.

ToshPTIning simsiz tarmoqlarida ishlash uchun akkaunt keying ko’rinishda bo’ladi: foydalanuvchi nomi, parol. Misol uchun: Name.Surname, H7hdl3Bq.

Bitta akkauntga bir vaqtning o'zida uchta shaxsiy qurilmaga ulanishi mumkin.

Bepul Wi-Fi tarmog'iga kirish uchun akkaunt (login) va parolni olish ToshPTIning rasmiy saytida http://tashpmi.uz/ru/for_students/reg_wifi/ amalga oshiriladi.

Buning uchun yaratilgan forma bo'yicha akkauntni ro'yxatdan o'tkazish kerak. Ro'yxatdan o'tish amaliyoti tugaganidan so'ng, bir necha kun ichida Wifi-ga kirish uchun shaxsiy ma'lumotlar (login va parol) foydalanuvchining elektron pochta manziliga yuboriladi.

MUHIM! Haqiqiy pochta manzili va telefon raqamingizni ko'rsating. Shaxsiy ma'lumotlar  identifikatsiyalashganidan so'ng ushbu manzilga institutning Wi-Fi tarmog'iga kirish uchun login va parol yuboriladi. Ro'yxatga olish faqat bir marotaba bajarilishi mumkin.

Bundan tashqari, motivatsiyani oshirish uchun talabalarning o’zlashtirish ko'rsatkichlarini internetga kirishda imtizoylar (yuqori tezlik va ko'proq trafik) bilan bog'lash rejalashtirilgan. Shunday qilib, institut ma'muriyati talabalarning o’zlashtirish ko'rsatkichlarini ro'yxatga olish tizimini joriy etishni taklif qildi, va ushbu ko’rsatkich talabalarga internetdan kengaytirilgan (imtiyozli) yoki cheklangan foydalanish huquqiga ega bo'lishiga bog'liq. Ushbu tizimga muvofiq a’lochi talabalar eng yuqori tezlik va ko'proq trafikka ega bo'ladilar va internetdan cheklangan foydalanish huquqiga ega bo'lgan talabalarga (o’zlashtirish ko’rsatkichlari past bo’lgan talabalarga) nisbatan tezda ma'lumot olishlari mumkin.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Wi-Fi tarmog'iga ulanishda muammolar yuzaga kelsa, foydalanuvchilar ToshPTI Innovatsiya markaziga shanba va yakshanbadan tashqari soat 16:00 dan 17:00 gacha telefon orqali +998712623422, , shuningdek ic@tashpmi.uz elektron manziliga murojaat qilishlari lozim.