«Scopus Award-2018»: ToshPTI yilning eng muvaffaqqiyatga erishgan OTM nominatsiyasida g’olib chiqdi

Yurtimizda ilk marotaba «Scopus» ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo’yicha eng samarali faoliyat ko’rsatayotgan olimlar va muassasalar taqdirlandi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida eng yaxshi o'zbek olimlari va muassasalarini taqdirlash bo’yicha "Scopus Award" marosimi bo'lib o'tdi. Olimlarning ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasi taqrizlangan ilmiy adabiyotlarda iqtiboslik darajasiga qarab baholandi.

Oliy va o’rta  mahsus ta’lim vazirligi «Elsevier» nashriyot kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo’lgan «Scopus» statistikasi bo’yicha o’zbekistonlik etakchi olimlarning va muassasalarning nomlarini e’lon qildi.

scopus abduxakimov  

«Scopus award-2018» taqdirlanganlar:

- «Researcher of the Year» («Yil olimi») nominatsiyasi –        Dilshod To’laganov (Toshkent shahridagi Turin politehnika universiteti), Temurbek Usmonov, Bobomurod Ahmedov (O’zbekiston Fanlar akademiyasi);

- «High Performance award» («Eng sermahsul OTM») nominatsiyasi – O’zbekiston Milliy universiteti;

- «Outstanding Research Impact Award» («Tadqiqotlarda erishgan ulkan natijasi uchun») nominatsiyasi – O’zbekiston Fanlar akademiyasi;

- «Growth of the Year» («Yilning eng muvaffaqqiyatga erishgan OTM») nominatsiyasi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

- «Breakthrough of the Year» («Yil kashfiyoti») nominatsiyasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti;

- «Library of the Year» («Yil kutubhonasi») nominatsiyasi – Samarqand davlat universiteti;

- «Contribution to Science» («Ilm rivojiga qo’shgan hissasi uchun») nominatsiyasi –  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

- «The youngest scientist» («Eng yosh olim») nominatsiyasi – Mirabbaos Ho’jamberdiev;

- «Women in Science» («Yil olimasi») nominatsiyasi – Shahlo Turdiqulova.

scopus 1  

Tantanali taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkentda QS, Times Higher Education kabi dunyoning etakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari va  horijlik mutahassislar ishtirokida bo’lib o’tdi.

G'oliblarga diplom va haykalchalar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov va Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov tomonidan taqdim etildi.

scopus 2

 

scopus diploma

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham o’tkazilib, unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va halqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o’rgatish bo’yicha mahorat darslari o’tkazildi.