2018 yil 20 noyabr' kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Umumiy amaliyot shifokorlarni qayta tayyorlash va diplomdan keyingi ta’lim fakul'teti dekani D.T.Ashurova va ilmiy kotib Sh.Ruzievlar ishtirokida Yangiyo’l tumanidagi 33-maktabning 7,8-sinf o’quvchilari bilan uchrashuv-muloqot o’tkazdi.
Uchrashuvda Umimiy amaliyot shifokorlarni qayta tayyorlash va diplomdan keyingi ta’lim fakul'teti dekani D.T.Ashurova so’zga chiqib, mamlakatimiz ahlining, ayniqsa yoshlarimizning dunyoviy, ilmiy, ahloqiy salohiyatini yuksaltirish, ularda yurt istiqloliga sadoqat, milliy-ma’naviy va diniy aqidaparstlikning har qanday ko’rinishlarining oldini olish, o’lkamizda ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy muhitni yanada sog’lomlashtirish, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlash to’grisida gapirib o’tdi.
Institutning tashkil topishi, faoliyati, erishgan yutuqlari, fakul'tetlar, institutda ko’p yillar faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchilar, fahriy shifokorlar, iqtidorli talabalar, Davlat stipendiantlari haqida hamda institutda talabalarni bilm olishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar, o’quv binosi hududida yangi qurilgan Simulyatsiya markazi, Axborot–resurs markazi va shu kabi yangiliklarni aytib o’tishdi.
Institut faoliyati, qabul jarayonlari, fakul'tetlar, yangi o’quv binolari, iqtidorli talabalar bilan tanishtiruvchi videorolik namoyish etildi.
Tadbir so’ngida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga prorektor, dekan muovinlari tomonidan batafsil javob berildi.