Yangiyo’l tumanidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalariga ToshPTI o’quv ishlari buyicha prorektorining tashrifi

2018 yil 21 noyabr' kuni  Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.N.Haitov Yangiyo’l tumanidagi 31 - maktabning  5, 6, 7 -sinf o’quvchilari bilan  uchrashuv-muloqot o’tkazdi.

xaitov 1

O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.N.Haitov so’zga chiqib, mamlakatimiz ahlining, ayniqsa yoshlarimizning dunyoviy, ilmiy, ahloqiy salohiyatini yuksaltirish, ularda yurt istiqloliga sadoqat, ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy muhitni yanada sog’lomlashtirish, hamda kelajakda o’zlari qiziqqan kasbga yo’naltirish,  jumladan shifokorlik kasbiga qiziqtirish haqida gapirib o’tdi.

xaitov 2

Institutning tashkil topishi, faoliyati, erishgan yutuqlari, fakul'tetlar, institutda ko’p yillar faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchilar, fahriy shifokorlar, iqtidorli talabalar Davlat stipendiantlari haqida hamda institutda talabalarni bilm olishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar, o’quv binosi hududida yangi qurilgan Simulyatsiya markazi, Axborot–resurs markazi va shu kabi yangiliklarni aytib o’tishdi.

xaitov 3

Institut faoliyati, qabul jarayonlari, fakul'tetlar, yangi o’quv binolari, iqtidorli talabalar bilan tanishtiruvchi videorolik namoyish etildi.

Tadbir so’ngida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga  prorektor,  dekan  muovinlari  tomonidan batafsil javob berildi.