ToshPTI hodimi - Ortiqboyev J.O. "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xodimi "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlardan bir guruhini “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq ToshPTI Fakultеt ichki kasalliklari, XDT, KK, gospital ichki kasalliklari, IKP kafеdrasi assistеnti Ortiqboyev Jaxongir Ortiqboy oʻgʻli “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.