ToshPTIning vakili xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi

ToshPTI Xalqaro bo’limi rahbari – Sobir Nurxodjayev 27 noyabrdan 1 dekabrgacha bo’lib o’tgan “KOFIH 2018 Global Alumni General Meeting” deb nomlangan Xalqaro anjumanda ishtirok etdi. Tadbir Koreya Xalqaro Sog’liqni saqlash Fondi “KOFIH” tomonidan tashkillashtirildi.

“KOFIH 2018 Global Alumni General Meeting” - dunyodagi sog'liqni saqlash sohasidagi mutaxassislarga tajriba almashish va do'stona munosabatlarni rivojlantirish imkonini beradigan tadbir.

Konferensiya natijalariga ko'ra, O'zbekiston delegatsiyasi konferentsiya ishida "Eng faol ishtirok uchun" nominatsiyasida g’olib bo'ldi.