ToshPTIda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligig bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish bo’limi boshlig’I Sh.Sharipov, Yunusobod tumani Adliya bo’limi boshlig’I A.Uzoqov, Yunusobod tumani Adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi N.Pulatov, ToshPTI yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori M.Axmedova, ToshPTI yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I A.Xudayberdiyev, barcha fakultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovinlari, ToshPTI Yoshlar Ittifoqi b/t yetakchisi A.Nosirov va  talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

kon 1

Kun tartibida belgilanganidek “Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida yoshlar bilan suhbat o’tkazildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Q.Hudayberdiev kirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirimizdan maqsad asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash. Bosh Qomusimiz huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va hususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, halqimizning tinch, obod va farovon hayotini ta’minlash, O’zbekistonning halqaro maydondagi obro’-e’tiborini juksaltirish, milliy qonunchilik tizimini shakllantirish hamda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo’lib hizmat qilmoqda. 

kon 2

Toshkent shahar Adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish bo’limi boshlig’i Sherzod Sharipov so’zga chiqdi.

Konstitutsiya— davlatning asosiy qonuni bo’lib, eng juqori juridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir.Konstitutsiya davlat tuzilishini, uning boshqaruv shaklini, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini, shahsning huquqi, erkinnligi va burchlarini belgilab qo’yadi. Konstitutsiya me’yorlari bilan jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlar mustahkamlanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oliy Kengash tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. 

kon 3

Ta’kidlanganidek, konstitutsiyamiz halqimiz qo’lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlar, mamlakatimizning barqaror taraqqiyot yo’liga chiqib olishida mustahkam zamin bo’layotir. Unda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan. Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi printsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolati bo’lib hizmat qilmoqda.

Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha sohalaridagi samarali islohotlar qatorida jamiyat iqtisodiy negizlarini shakllantirish, ayniqsa, shahsning mulkka egalik qilish huquqi, shuningdek, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi orqali mamlakat taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasini kuchaytirishga imkon yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida hususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasida ekanligi qayd qilingan.

kon 5

Bosh qomusimiz bergan imkoniyatlar asosida keyingi yillarda mamlakatimizda hususiy mulk va investitsiyalar dahlsizligini ta’minlashning ishonchli huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratish va ularning himoyasi uchun ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Hususan, qishloq ho’jaligi, qurilish, savdo, hizmat ko’rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-joy fondi to’liq hususiy mulk egalari tasarrufiga o’tkazildi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-poyabzal, mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi bir muncha ozaytirilgani shular jumlasidandir.

Tadbirda ana shular haqida so’z juritilib, konstitutsiya – qonun ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarining so’zsiz ta’minlanishi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati ekanligi qayd etildi.

kon 4

Tadbir so’nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutahassislar tomonidan batafsil javoblar tinglandi.