Oliy o'quv yurtlarida to’lov-kontraktni to'lash muddati joriy yilning 31 dekabrigacha uzaytiriladi.
Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga 2018/2019 o’quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko’ra yetarli ball to’plamagan va oshirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;
2018/2019 o’quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan horijiy fuqarolar uchun;
2018/2019 o’quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to’lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to’lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.