Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bir guruh hodimlari Sankt-Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetida tahsil olmoqda.
Within the framework of agreements reached and a cooperation agreement between the Tashkent Pediatric Institute and the St. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti o’rtasida tuzilgan hamkorlik to’g’risidagi shartnoma va erishilgan kelishuvlar doirasida ToshPTI Ftiziatriya kafedrasi mudiri professor Tashpulatova F.Q., Ambulatoriya tibbiyoti, jismoniy tarbiya kafedrasi professori Agzamova Sh.A. va №2 Gospital pediatriya, noan'anaviy tibbiyot kafedrasi dotsenti Yunusiva R.T. dan iborat Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bir guruh hodimlari joriy yilning 12 noyabrdan 8 dekabrgacha bo’lgan davrda malaka oshirish va ta’lim olish maqsadida Sankt-Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetida ish safarida bo’ldilar.
Sankt-Peterburg DPTUda "Pediatriya" kursi bo’yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va unga binoan "Pediatriya, ftiziopulmonologiya va endokrinologiya" kafedrasida ta'lim olish, yetakchi mutaxassislar va professorlar ma’ruzalarida ishtirok etish, kafedra xodimlari, o'qitish metodologiyasi va kafedraning material-texnik ta’minoti bilan tanishish, ma'ruzalar o’qish, hamda master-klasslarda ishtirok etish ko’zda tutilgan.
Akademik mobillik, ta'lim va ilmiy tadqiqotlar, zamon global muammolarini hal etishda, yangi fanlararo yo’nashliarni rivojlanishiga, o'quv, ilmiy va innovatsion yo'nalishlarda kadrlar salohiyati sifatini yaxshilash imkonini beradi.