Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbar kadrlarining Yangiyo’l tumanidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalariga tashrifi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 16 oktyabrdagi 09-2543-son topshiriq hati asosida Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbar kadrlarining maktablarga tashriflar bo’yicha ma’lumot.
2018 yil 13 dekabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti dekani A.R.Valiev, ilmiy kotib Sh.I.Ruziev, ToshPTI poliklinikasi mudiri A.A.Djalilovlar ishtirokida Yangiyo’l tumanidagi 27-maktab 10,11-sinf, 33-maktab 5,6 – sinf, 34-maktab 6,7-sinf o’quvchilari bilan uchrashuv-muloqotlar o’tkazdilar.
Uchrashuvda Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti dekani A.R.Valiev so’zga chiqib, yoshlarimizning dunyoviy, ilmiy, ahloqiy salohiyatini juksaltirish, ularda yurt istiqloliga sadoqat, ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy muhitni yanada sog’lomlashtirish, hamda kelajakda o’zlari qiziqqan kasbga yo’naltirish, jumladan shifokorlik kasbiga qiziqtirish haqida gapirib o’tdi.
Institutning tashkil topishi, faoliyati, erishgan yutuqlari, fakultetlar, institutda ko’p yillar faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchilar, fahriy shifokorlar, iqtidorli talabalar Davlat stipendiantlari haqida hamda institutda talabalarni bilim olishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar, o’quv binosi hududida yangi qurilgan Simulyatsiya markazi, Axborot–resurs markazi va shu kabi yangiliklarni aytib o’tishdi.
Institut faoliyati, qabul jarayonlari, fakultetlar, yangi o’quv binolari, iqtidorli talabalar bilan tanishtiruvchi videorolik namoyish etildi.
Tadbir so’ngida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakul'teti dekani A.R.Valiev, ilmiy kotib Sh.I.Ruziev, ToshPTI poliklinikasi mudiri A.A.Djalilovlar tomonidan batafsil javob berildi.