Ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishi 2018 yil 26 dekabr kuni bo’lib o’tdi

2018 yil 26 dekabr kuni soat 14:00 da Toshkent pediatriya tibbiyot institutining hududidagi Axborot-resurs markazi majlislar zalida Ilmiy kengash yig’ilishi o’tkaziladi.

Kun tartibi:

1. ToshPTI 2017-2018 o’quv yili bitiruvchilarining ish beruvchilar tomonidan o’tkazilgan so’rovnoma asosida tahlili.

Ma’ruzachi: Marketing bo’limi boshlig’i B.Yu.Ulliyev.

2. Tabiy fanlar kafedralarida o’qish jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, interaktiv o’qitish shakllarini va usullarini joriy etilganligi holati va ularning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari haqida.

Ma’ruzachi: Tabiy yo’nalishdagi fanlar bo’yicha fan o’quv-uslubiy kengashining raisi, t.f.d., professor Yo.U.Zokirov.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risida”gi PQ-3775-sonli Qaroridan kelib chiqqan holda institut kafedralar oldiga qo’yilgan vazifalar va ularning ijrosi haqida.

Ma’ruzachi: Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’I, t.f.n., dotsent S.A.Ubaydullayeva.

4. Professor va o’qituvchilarni tanlov asosida lavozimga va ilmiy unvonga saylash:

1. Nazarov A.A. – Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi professori lavozimiga saylash.

2. Abdullayev Sh.S. – Fakultet ichki kasalliklari, XDT, kasb kasalliklari, gospital ichki kasalliklari, ichki kasalliklari propedevtikasi kafedrasi dotsenti lavozimiga saylash.

3. Urmanova Yu.M. – Endokrinologiya va bolalar endokrinologiyasi kafedrasi dotsenti lavozimiga saylash.

4. Usmanova D.D.- Asab kaslliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi dotsenti lavozimiga saylash.

Ma’ruzachi: Tanlov komissiyasi raisi.

5. Dissertatsiya va o’quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash:

1. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Sh.T.Iskandarova va Kursk davlat tibbiyot universiteti Umumiy gigyena kafedrasi professori, t.f.d. A.M.Chernix tomonidan hamkorlikda rus tilida tayyorlangan “Санитария и охрана поверхностных источников водоснабжения населения в Узбекистане на примере рек Чирчик и Ахангаран” nomli o’quv darslikni tasdiqlash.

2. Psixiatriya, narkologiya, bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kafedrasi 2-bosqich PhD tayanch doktoranti S.N.Nurxo’djayev, kafedra mudiri t.f.d., dotsent V.K.Abdullayeva tomonida rus tilida tayyorlangan “Способ диагностики терапевтической резистентности у больных при депрессиях с коморбидными личностными расстройствами” nomli uslubiy tavsiyanomani tasdiqlash.

3. Bolalar yuqumli kaslliklari kafedrasi mudiri, t.f.d., professor B.M.Tadjiyev, L.I.Maqsudova tomonidan o’zbek va rus tillarida tayyorlangan “Bolalar o’tkir yuqumli ichak kasalliklari” nomli o’quv qo’llanmani tasdiqlash.

4. Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi hodimi O.V.Shurigina, S.Z.Yuldashev tomonidan rus tilida tayyorlangan “Современные репродуктивные технологии при лечении бесплодия” nomli o’quv qo’llanmani tasdiqlash.

5. Asab kaslliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi mudiri t.f.d., professor Yo.N.Madjidova hamda hammualliflar tomonidan rus tilida tayyorlangan “Сосудистые заболевания спинного мозга” nomli o’quv qo’llanmani tasdiqlash.

6. Fakultet ichki kasalliklari, XDT, kasb kasalliklari, gospital ichki kasalliklari, ichki kasalliklari propedevtikasi kafedrasi hodimlari N.R.Raimkulova, G.G.Kadirova, D.S.Baratova tomonidan rus tilida tayyorlangan “Современные аспекты этиопатогенеза, клиники, диагностики и лечения ишемической болезни сердца” nomli o’quv qo’llanmani tasdiqlash.

Ma’ruzachi: Kengash kotibi, t.f.d., dotsent Sh.I.Ro’ziyev.

6. Turli masalalar.

 

Rektor                                                                 B.T. Daminov

photo_2018-12-31_12-45-15

Bundan tashqari Kengash doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bir qator hodimlari “Yil nominatsiyalari” bo’yicha taqdirlandilar.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 371-sonli Qaroriga muvofiq “Institut reytingiga kata hissa qo’shgan yil nominatsiyasi bo’yicha quyidagi kafedralar g’olib chiqdi:

-          Asab kasalliklari va bolalar asab kasalliklari, tibbiy genetika kafedrasi

-          Fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi

-          Tibbiy radiologiya kafedrasi

2. Ilm-fan2020” milliy rivojlantirish asosida “Scopus, Web of Science horijiy bazalardan eng ko’p foydalangan va yuklab olgan” – yil nominatsiyasiga professor Iskandarova Shanoza Tulkinovna – Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri.

3. 2018 yilda “Eng faol ilmiy – ishlarga ma’sul hodim” – yil nominatsiyasiga Endokrinologiya va bolalar endokrinologiyasi kafedrasi assistenti Rixsiyeva Nazira Taxirovna.

4. “Eng faol va samarali talaba tayyorlab kelayotgan” – yil nominatsiyasiga Gospital pediatriya №1, noan’anaviy tibbiyot asoslari kafedrasi mudiri, t.f.d. Aliyeva Nigora Rustamovna.