2018 yil 28 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida «Xalqaro hamkorlik va innovatsiyalar – tibbiy ta’lim islohotlarining asosidir» mavzusidagi Respublika o’quv-uslubiy anjumani bo’lib ot’di.
Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor va o’qituvchilari, hamda poytaxtimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari – Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti vakillari ishtirok etdilar.
Anjumanni ToshPTI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, professor Q.N. Xaitov so’zga chiqib ochiq deb e’lon qildi. Bundan tashqari, bu kabi tadbirlar tibbiy ta’limdagi savollar va muammolarni echimini topishda, ta'lim sifatini va xalqaro standartlarga javob beradigan tibbiy kadrlarni tayyorlashning darajsini oshirishda ulkan imkoniyat yaratishini ta’kidladi.
Anjumanning kun tartibiga muvofiq tadbirga Toshkent pediatriya tibbiyot institute mutaxassislari tomonidan 10 ta ma’ruza taqdim etildi.
1. Tibbiyotda ta’lim jarayoni: muammo, xalqaro tajriba va yechim.
Ma’ruzachi: ToshPTI Ta’lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i, Ubaydullayeva S.A.
2. Ftiziatriya mutaxassisligi magistratura talabalarini tayyorlashda tuberkulyoz kasalligini davolash va tashxislashning innovatsion texnologiyalari.
Ma’ruzachi: ToshPTI Ftiziatriya kafedrasi mudiri, t.f.d. Tashpulatova F.Q.
3. Farmakologiya fanini o’qitish jarayonida xalqaro hamkorlik natijalarini qo’llash.
Ma’ruzachi: ToshPTI Farmakologiya, normal fiziologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Aminov S.D.
4. Interaktiv texnologiyalarni nevrologiyada qo’llash imkoniyatlari.
Ma’ruzachi: ToshPTI Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari kafedrasi dotsenti, Nurmuxamedova M.A.
5. Shoshilinch pediatriyada simulyatsion o’qitish.
Ma’ruzachi: ToshPTI Shoshilinch pediatriya kafedrasi assistenti, Mamatqulov B.B.
6. Oftalmologiya mutaxassisligi magistratura talabalarini o’qitishda virtual vositalarni qo’llash.
Ma’ruzachi: ToshPTI Oftalmologiya kafedrasi dotsenti, Xamrayeva L.S.
7. Diplomdan keying tayyorgarlikda maslahat jurnali va kritik tahlil kundaligini ahamiyati.
Ma’ruzachi: ToshPTI UASH tayyorlash kursi assistenti, Mavlyanova D.A.
8. International clinical rotations as an innovative method of training of medical residence in otorhinolaryngology.
Ma’ruzachi: Otorinolaringologiya, bolalar otorinilaringologiyasi va stomatologiya kafedrasi assistenti, Ergashev J.D.
9. Oliy ma’lumotli hamshiralarni simulyatsion o’qitish.
Ma’ruzachi: Jamoat salomatligi va sig’liqni saqlashni tashkil qilish va boshqarish kafedrasi assistenti, Mirdadayeva D.D.
10. OTMning server resurslarini pedagogic jarayonda qo’llash.
Ma’ruzachi: Travmatologiya va ortopediya kafedrasi assistenti, Gulyamov S.S.
Anjuman doirasida tibbiy ta’lim va xalqaro tajribani qo’llagan holda innovatsion uslublarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish amaliyotiga bag’ishlangan bir qator dolzarb masalalar ko’rib chiqildi va muhokama qilindi.
Bundan tashqari, anjumanning tezislar to’plamida 300 dan ziyod O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim sohasidagi muammolarni yechimiga bag’ishlangan ilmiy ishlar chop etilgan.
Ushbu anjuman O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni isloh qilish jarayonida innovatsion yondashuv va xalqaro tadjribani tadbiq etishga qaratilgan.
Anjuman professional jihatdan juda foydali va tibbiyot kadrlarni tayyorlash, va umuman olganda tibiy ta’lim darajasini ko’tarilishiga olib kelishi kutilmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni diplom va sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.