ToshPTIda "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli yo'lga qo'yishning samarali mexanizmidan keng foydalanish" mavzusida seminar-muloqot

Bugun, 2019 yil 7 yanvar kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Axborot-resurs markazi anjumanlar zalida "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli yo'lga qo'yishning samarali mexanizmidan keng foydalanish" mavzusida seminar-muloqot bo'lib o'tmoqda.

Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari, murabbiylari, kafedralar hodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

DSC_0036

Tadbir boshida ToshPTI yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori, M.A. Axmedova so’zga chiqdi va seminarni ochiq deb e’lon qildi. M.A.Axmedova ushbu seminar-muloqot OTMda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo’lga qo’yishda kelib chiqadigan savollar va muammolarni echimini topishda, ushbu yo’nalishda institut tuzilmalarini xamkorligini ta’minlash va yanada takomillashtirish kabi ishlar OTMda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samaradorligini oshirishda imkoniyat yaratishini ta’kidladi.

DSC_0015

Anjumanning kun tartibiga muvofiq tadbirga Toshkent pediatriya tibbiyot institute mutaxassislari tomonidan 5 ta ma’ruza taqdim etildi.

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo’lga qo’yishning samarali mexanizmidan keng foydalanish.

Ma’ruzachi: ToshPTI yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori, Axmedova M.A.

DSC_0020

2. Institutda murabbiylik ishlarini takomillashtirish va istiqboldagi rejalari.

Ma’ruzachi: ToshPTI bosh murabbiysi, Begmanov S.A.

DSC_0049

3. Ta’lim-tarbiyada otin-qizlar faolligini oshirish dolzarb vazifalari.

Ma’ruzachi: ToshPTI xotin-qizlar qo’mitasi b/t raisi, Usta-Azizova D.A.

DSC_0056

4. OO’MTV tomonidan institutda o’tkaziladigan “Ma’naviyat va axborot soatlari” da tavsiya etiladigan videoma’ruzalar to’g’risida.

Ma’ruzachi: ToshPTI 2-pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari, Alimova M.M.

DSC_0064

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2018 yilda sportni rivojlantirish va tadbiq etish to’g’risdagi meyoriy-xuquqiy hujjatlar.

Ma’ruzachi: ToshPTI jismoniy tarbiya kafedrasi o’qituvchisi, Valiyev F.

DSC_0072

Seminar doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institut, fakultetlar, kafedralar kesimida hamda talabalar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo’lga qo’yishda murabbiylar, yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar, sport sog’lomlashtirish majmuasi, kasaba uyushmasi kabilar bilan hamkorlikda ishlashni yanada takomillashtirish to’g’risida bir qator dolzarb masalalar ko’rib chiqildi va muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni diplom va sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

DSC_0084

DSC_0086

 

DSC_0085

DSC_0088