2019 yil 11 yanvar kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining majlislar zalida 14 yanvar - “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Bayram tadbirida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori M.A. Axmedova, Yoshlar bilan ishlash, ma’maviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I A.K. Xudayberdiyev, Xodimlar kasaba uyushmasi raisi A.M. Mannanov, polkovnik A.K. Ajimuratov, polkovnik Z.R. Xudayberganov, polkovnik N. Mamajonov, podpolkovnik D.K. Toxirov, podpolkovnik T.E. Raxmatov, podpolkovnik K.X. Bakiyev, podpolkovnik E. Xoliqov, mayo’r U.R. Shaymardonov, podpolkovnik E. Abduraxmonov, professor-o’qituvchilar va 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori M.A. Axmedova ochib berdi va tshrif buyurgan mehmonlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Bayram dasturida institutning iqtidorli talabalarining chiqishlari kiritilgan bo‘lib, tadbir jarayonida institut rahbariyati nomidan bayram tabriklari hamda badiiy qismlar namoyish etildi.
Bayram tadbiriga tashrif buyurgan bir guruh faxriylar ham o’z tilaklarini bildirib o’tishdi. Bugungi shonli o’zbek milliy armiyasini asosini, uning poydevorini mard, jasur, botir o’g’lonlarimiz, zabardast va fidoiy yigitlarimizga tashakkurlar aytishdi va yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan barcha yigitlarimizni, vatandoshlarimizni, hamda kasbdosh erkaklarni ushbu ayyom bilan chin dildan muborakbod etdi.
Tadbir yakunida bayram munosabati bilan intitutimiz nomidan harbiy xizmatchilarga estalik sovg‘alari taqdim etildi.