Talabalar uchun yangi tanlov - “Big Idea Challenge”

Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi va London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda “Big Idea Challenge” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi talabalarning innovatsion g’oyalarini qo’llab-quvvatlash va ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish. 

Tanlovda OTM talabalari ijtimoiy muhitni yahshilashga qaratilgan o’zlarining ilg’or loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichidan tanlab olingan loyiha mualliflari ikkinchi bosqichida London Metropoliten universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilning 20-21 fevral kunlari o’tkaziladigan treningda ishtirok etadi.

Onlayn ariza topshirishning ohirgi muddati: 2019 yil 1 fevral.

Batafsil: www.britishcouncil.uz