Aziz o'qituvchilar va talabalar!
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va "GEOTAR-Media" nashriyoti o'rtasida hamkorlik dasturiga muvofiq Siz tibbiyotning barcha asosiy mutaxassisliklari va yo'nalishlari bo'yicha 6 mingdan ortiq zamonaviy o'quv adabiyotlaridan foydalanish imkoniga ega bo'ldingiz.
Resurs bilan quyidagi holtlarda ishlashingiz mumkin:
* institutning tarmog'I orqali oldindan ro'yxatdan o'tish bilan: http://www.studentlibrary.ru/.
yoki
* Internetga kirish imkoniga ega bo'lgan har qanday nuqtadan, lekin avval shaxsiy kabinetingizni ro'yxatdan o'tkazib, institutning tarmog'ida bo'lishingiz kerak.
Agar siz hali ruxsat olmagan bo'lsangiz, masofaviy erkin foydalanish uchun instituttning IP manzilidan saytga kirib, "kirish/ro'yxatdan o'tish" ni bosing.
Ro'yxatga olingandan keyin siz institutning har qanday joyidan va har qanday qurilmadan «GEOTAR-Media» elektron kutubxonasiga kirishingiz mumkin.
"Talabalar maslahatchisi" (www.studentlibrary.ru) ko’p tarmoqli o'quv resursi internet orqali Internet tarmog'idan mualliflar bilan bevosita shartnomalar asosida olingan o'quv adabiyotlaridan va qo’shimcha materiallardan foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimidir (EKT).
Foydalanishda va ro'yxatdan o'tishda, kirish va shaxsiy hisob ochish bo'yicha ko'rsatmalar bilan tanishish uchun quyidagi linkni bosing: http://www.studentlibrary.ru/