AHBOROT HATI
Hurmatli hamkasblar va yosh olimlar!
Sizlarni «Yosh olimlar nazarida: Tibbiy tashhislash va davolashda innovatsion yondashuvlar» nomli Xalqaro ilmiy–amaliy anjumanda ishtirok etish uchun taklif etamiz.
Anjuman O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida 2019 yil 18-19 aprelda bo’lib o’tadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda nazariy va amaliy tibbiyotning keng qamrovli masalalari ko’rib chiqiladi. Anjumanning asosiy yo’nalishlari:
• Terapevtik yo’nalishi;
• Nevrologiya;
• Onkologiya va molekulyar biologiya;
• Fiziologiya va immunologiya;
• Jamoat salomatligi va tibbiy informatika;
• Jarrohlik;
• Tibbiy-profilaktika yo’nalishi;
• Stomatologiya.
Anjumanda ishtirok etish uchun talabalar, rezidentlar, klinik ordinatorlar, magistrlar, shuningdek 33 yoshga to’lmagan aspirant va doktorantlar murojaat qilishlari mumkin. Rasmiy til: rus tili, o’zbek tili, ingliz tili.
Anjumanda ishtirok etish: bevosita, sirtqi.
Anjuman natijalari «Toshkent tibbiyot akademiyasi Ahborotnomasi» (http://www.tma-journals.uz/)ning mahsus sonida nashr etiladi. Tanlab olingan nashrlar ingliz tilida «International Journal of Medical Students» (http://www.ijms.info/) xalqaro jurnalida nashr qilinadi. Anjumandan keyin ma’lumotlar 10 kun davomida TTA saytiga joylashtiriladi va ishtrokchilarni shaxsiy elektron pochtalariga yuboriladi. Nashr etish bepul.
Maqolalarga qo’yilgan talablar quyidagi manzilda joylashtirilgan:
(https://drive.google.com/open?id=1fGAF8gNkzo-JRzRooV8keXhVu2QGR_cc).
Ro’yhatdan o’tish va nashrlarni qabul qilish manzili:
(https://docs.google.com/forms/d/1qJaW_OrA6dHNKByxMC_FRlHM_cHAswFuCv-Az_7q108).
Nashr nushasini quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: tma.conf.pub@gmail.com
Anjumanda ishtirok etish uchun anjuman tashkilotchilari bilan bog’laning:
Ilmiy ishlar va innovatsiya bo’yicha prorektor:
Azizova Feruza Lutpillaevna +998781507802
Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo’limi:
Usmanhodjaeva Adibahon Amirsaidovna +998977581033
Xalqaro aloqalar bo’limi:
Tursunov Djahongir +99890806839
El. manzil: tma.conf.info@gmail.com