Janubiy Koreyalik mutaxassisning Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga tashrifi

2019 yil 2 fevral kunli Janubiy Koreyaning etakchi mutaxassisi Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Xususan, St.Vinsent shifoxonasining akusherlik va ginekologiya, onkoginekologiya kafedrasi professori, Kyonkido tumani bachadon bo'yni saratoni sohasi bo'yicha bosh mutaxassisi va jarrohlik ginekologiya bo’yicha kuchli novator, janob Yoon Joohee ToshPTI Akusherlik va ginekologiya kafedrasiga tashrif buyurdi.

photo_2019-02-04_00-08-21

Rejalashtirilganidek, tashrif doirasida chet ellik mutaxassisning Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T. Daminov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda masofaviy ta'lim va master-klasslar bo'yicha o'zaro hamkorlikning yangi yondashuvlari aniqlandi.

Tashrif dasturiga belgilangandek, chet ellik mutaxassis institutning anjumanlar zalida shifokorlari, o'qituvchilari va talabalari uchun “Bachadon transplantatsiyasidagi muvaffaqiyatlar” mavzusida ma'ruza mashg’uloti o’tkazdi.

photo_2019-02-04_00-08-25

photo_2019-02-04_00-08-27 (2)

Shuningdek, tashrif doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIA va GIATM) klinikasida "Yagona port gisterektomiyasi" operatsiyalari bo'yicha master-klass operatsiyalar o'tkazildi.

photo_2019-02-04_00-08-28

Janubiy Koreyalik professorning Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrifi davom etmoqda.