Institut nizomi

                O`zbekistnon  Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  vazirligi

 

O`zbekiston Respublikasi

Toshkent shahar

Yunusobod tumani hokimiyatining

____-sonli qarori

 

«___»_________2010y

 

"TASDIQLAYMAN"

 O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri

A.I. Ikramov

_________

 

«___»_________2010y


TOSHKENT PEDIATRIY
A TIBBIYOT  INSTITUTI

USTAVI

 

TOSHKENT  -  2010 y.

 

Тоshkent pediatriya tibbiyot instituti  (Toshpti)

I. Umumiy qoidalar

 

1. O`rta Osiyo Meditsina Pediatriya Instituti 1972 yilda SSSR Ministrlar Sovetining 1971 yil 23 iyuldagi qaroriga ko`ra tashkil qilingan. 1988 yil 22 martdagi 226-raqamli buyrug’iga asosan O`zSSR Sog’liqni saqlash vazirligining ixtiyoriga o`tkazilgan hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (ToshPTI) deb qayta nomlangan. ToshPTI  O`zSSVning tasarrufiga kiradi.

2. ToshPTI davlat oliy ta`lim muassasasi hisoblanib, oliy ta`limning asosiy va kasbga oid qo`shimcha  ta`lim Dasturlarini bajarish bo`yicha ta`lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq o`quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta`lim xizmatlarini ko`rsatadi.

3. ToshPTI o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Ta`lim to`g’risida"gi qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining  normativ-huquqiy xujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.

            4. ToshPTI yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o`ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo`yicha o`z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o`z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da`vogar va javobgar bo`lishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo`yicha hisob raqamlariga, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muxrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

ToshPTI joylashgan manzil: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar 100140, Bog’ishamol ko`chasi, 223.Tel.: 2603250, faks: 2623314,

Е-mail: tpmi@rambler.ru

Bank rekvizitlari:

O`JJB Yunusobod bo`limi X/r 23402000400100001006

INN 201122783 OKONX 92110 MFO 00014

          Тошкент педиатрия тиббиёт институти (ТошПТИ)

          Ташкентский педиатрический медицинский институт (ТашПМИ)

          Tashkent pediatric medical institute (TashPMI) 

...................................................

IX. Yakuniy qoidalar 

55. ToshPTI  O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda qo`yidagilarga javob beradi:

- uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi; 

- ta`lim jarayonida o`quv reja va jadvallarga muvofiq ta`lim dasturlari hajmini to`liq bajarmaganligi; 

- ta`lim jarayoni vaqtida oliy ta`lim muassasasida ta`lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog’lig’i; 

- ta`lim oluvchilar va oliy ta`lim muassasasi xodimlarining huquq va erkinliklarning buzilganligi; 

- O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlar. 

56. ToshPTI O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin. 

57. Oliy ta`lim muassasasining Ustavi ushbu namunaviy Ustavda belgilangan tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilishi mumkin. 

Oliy ta`lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan Ustav tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanib, o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkaziladi va kuchga kiritiladi. 

Oliy ta`lim muassasasining Ustaviga o`zgartirish yoki qo`shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

58. Mazkur Ustavni ishlab chiqish jarayonida tasarrufida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo`lgan O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, "O`zbekiston temir yo`llari" DAK, Davlat soliq qo`mitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Sog’liqni saqlash vazirligi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligidan tushgan takliflari va fikr-mulohazalari inobatga olingan.  

Izox: ToshPTIning Ustavi OO`MTVning 

 2010 y 1 iyuldagi 257-sonli buyrug’i 

asosida ishlab chiqilgan

To'liq matinni yuklab olishingiz mumkin

 

 

 



Institut nizomi (o'zbekcha)

Institut nizomi (ruscha)

Institut nizomi (inglizcha)