Oila — tinchlik va taraqqiyotning asosiy negizi. Uning farovonligi bevosita mamlakat kelajagi bilan bogʻliq. Mamlakatimizda yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hamon salbiy holatlar uchrab turibdi. Yagona yechim esa muammolarning sabablarini oʻrganish va yechim topishning eng samarali usullarini qoʻllashdir.
Shu maqsadda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda 5-8 oktabr kunlari respublika boʻylab “Yosh oilalar turmushi davomida keng uchraydigan muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida sotsiologik tadqiqot soʻrovnomasini oʻtkazadi.
Soʻrovnomada 30 yoshgacha boʻlgan oilali, oilasidan ajrashgan erkak va ayollar, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar vakillari, band boʻlgan va vaqtincha ishsiz yoshlar, mehnat migrantlari ishtirok etadi.
Soʻrovnoma natijasida yosh oilalar turmushi davomida ko'p uchraydigan muammolar ilmiy tadqiq etiladi va ularga yechim topish boʻyicha tavsiyalar tayyorlanadi.
Aziz, tengdoshlar! Keling, muammolarimizni birlashib hal etamiz. Soʻrovnomada ishtirok eting. Sizning fikrlaringiz tengdoshlaringiz muammolarini ham hal etishi mumkin.
Yoshlar ittifoqining viloyat kengashlariga murojaat qiling!