Bo`linma ishlari

INSTITUT XOTIN-QIZLAR QO’MITASI BOSHLANG’ICH TASHKILOTI
1. Institut xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti institut xotin-qizlarinint ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda to’laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ularning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy-huquqiy jixatdan qo’llab-kuvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ularga etarli sharoitlar yaratib berish maqsadida tuziladi.
2. Kengash institut xotin-qizlari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi hamda talaba-qizlarni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash borasidagi vazifalarni bajaradi.
3. Talaba-qizlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg’usini shakllantirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, o’z bilimlarini muntazam oshirib borish kabi fazilatlarii tarkib toshirish kengashning ustuvor vazifalari hisoblanadi.
4. Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi institut rektorining buyrug’i bilan tayinlanadi.
5. Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotining faoliyati institut ilmiy boshlang’ich tashkiloti tomonidan yiliga 2 marta muhokama qilinadi.
6. Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti o’z faoliyati jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi;
- Talaba-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ayollar bilan bog’liq tarixiy meros, sharqona ayol an’analari asosida tarbiyalash ishlarini tashkillashtiradi.
- Xotin-qizlar masalasi bo’yicha qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatini talaba-qizlarga o’z vaqtida etkazilishi va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi.
- Xotin–qizlar o’rtasida ma’naviy–ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda turli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib boradi.
- Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan, xotin-qizlar hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar, seminar va konferenstiyalarni uyushtiradi,
- Institut talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar bilan ma’rifiy tadbirlar o’tkazadi.
- Institut xotin-qizlari muammolari bilan shug’ullanadi.
Kam ta’minlangan, ko’p bolali oilalar farzandlari va etim talaba-qizlarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha institut rahbariyati bilan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.