Murabbiylik kengashining asosiy yo`nalishlari.
• Institutning jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalar orasida ma`naviy tarbiyavish shlarni olib borish.
• Talabalarni milliy g`oyaga sodiqlik ruhida tarbiyalash.
• Talabalarni umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.
• Talabalarni ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllanishini tashkillashtirish.
Kengash faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish:
• Kengash ishini boshqrish Institut rektori tomonidan tayinlanadigan Murabbiylar kengashi raisi tomonidan olib boriladi.
• Fakultetlar bosh murabbiylari Institut murabbiylar kengashining raisi va fakultet dekanining tavsiyasi bilan rektor tomonidan tayinlanadi.
• Kafedralarning katta murabbiylari va guruh murabbiylari kafedra mudirlari bilan kelishilgan holda murabbiylar kengashi va dekanat tomonidan tayinlanib rector tomonidan tasdiqlanadi.
• Murabbiylar kengashining raisi murabbiylar faoliyatini institut va murabbiylar kengashi Nizomi bo’yicha olib boradi.
Kuratorlar kengashinig vazifalari:
• Institut murabbiylari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish.
• Institutning jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalar orasida ma`naviy tarbiyavish shlarni olib borish.
• Psixologiya va pedogogika kafedrasi xodimlari bilan hamkorlikda talabalarning psixologik diagnostika (maxsus testlar yordamida) ishlari olib boriladi va uning yordamida xatar guruhi talabalari aniqlanib, ular bilan profilaktika ishlari olib boriladi.
• Talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarida ma`daniy hordiq olishlarini tashkillashtirish.
• Faol murabbiylarni aniqlash va ularning ish tajribasi ommalashtirish.
• Faol murabbiylarni taqdirlash.