Zakovat bilimdonlari

 

Abdug`ani Inoyatovdan savollar…

 

Xurmatli gazetxonlar! Biz tahririyat hay`ati  bilan  kelishgan holda  ro`znomamizda  “Zakovat bilimdonlari” ruknini tashkil qildik.Ushbu ruknni “ Abdug`anidan savollar” sarlavhasi ostida berib boramiz. Ma`lumki, Abdug`ani Inoyatov- institutimiz magistri, Respublika televidenie  orqali berib borilgan “Bilimdon” ko`rsatuvining mutloq g`olibi va “Zakovat” o`yinining sovrindori. Biz bu haqda o`z vaqtida gazetamizda maqolalar e’lon qilganmiz.  Quyida Abdug`ani Inoyatov tomonidan taqdim etilgan savollariga to`g`ri javoblarni birinchilar qatorida tahririyatimizga yo`llagan talabalar Mustaqillik bayrami arafasida institut tomonidan sovg`alar bilan taqdirlanadilar.

 

Savol: Samarqandlik mashhur morboz- Alisher Yormatov o`z kitobida shaqildoq ilon va kobrani ularning bir xususiyati tufayli “mard” ilonlar deb atagan.

 

Diqqat savol: qanday xususiyat tufayli?

 

Savol: Katalizator nima ekanligini bilasizlar.Kimyoviy jarayonni tezlashtiruvchi, ammo o`zi unda ishtirok etmaydigan modda. Xitoy tilida bir faoliyat bilan shug`ullanuvchi ayollarni ifodalovchi ierogliflardan katalizator so`zini ifodalashda ham foydalaniladi.

 

Diqqat savol: o`sha ayollar shug`ullanadigan ishni topib bering.

 

Savol: Erkin Vohidovdan she`r:

 

Ko`kterakka keldim soat o`n takam birga,

 

Mol bozorda o`zim bilan o`n takam birga.

 

O`lar bo`lsam o`ldim bu o`n takam dastidan,

 

Sotvoraman o`n takamni....

 

Diqqat savol: nuqtalar o`rnini ikki so`z bilan to`ldiring.

 

Mazkur rubrikamizni davom ettirgan holda navbatdagi savollarni taqdim etamiz:

1-    savol: Bir kuni kitob do`koniga kirganimda quyidagi sonlarga ko`zim tushdi: 1-270, 271-679, 680-X.

Diqqat savol: ‘X’ o`rnida qaysi son edi?

2-    savol: Topishmoq. Ustini tashlab yuboramiz, ichini pishiramiz. Keyin, ustini yeymiz, ichini tashlab yuboramiz.

Diqqat savol: Topishmoqning javobi nima?

3-    savol: Xolid Husayniyning “ Shamol ortidan yugurib” asarida, erta bahorda qobullik bolalarning qo`llarida, ingichka kesilgan jarohatlar bo`lishi odatiy hol ekanligi yozilgan.

Diqqat savol: Bu jarahotlarning yuzaga kelish sababi nima edi?